Меню сайта

Опрос
     
Eng extirosli xonanda
  
1. Shaxzoda
2. Rayxona
3. Dilso'z
4. Nilufar Usmanova
5. Ziyoda
6. Lola
7. Sug'diyona
8. Dineyra
9. Manzura
10. Ruxshona
javascript:// javascript://
  
Всего ответов: 118

  

Статистика
Статистика
Всего: 9159
За месяц: 0
За неделю: 0
Вчера: 0
Сегодня: 0
Из них
Гл.Администраторов: 3
Администраторов: 1
Гл.Модераторов: 1
Модераторов: 0
Дизайнеров: 1
Журналистов: 1
V.I.P:
Постоянных: 2
Проверенных: 104
Забаненых: 0
Обычных юзеров: 9047
Из них
Парней: 9065
Девушек: 81

Счетчики
waplog Яндекс.Метрика waplog.uz
Онлайн лист
Пользователи отсутствуют...
         
Cегодня нас посетили

Смски
SMS TURK [7]
SMS TURK
SMS English [1]
SMS English
Студенческие смс [1]
Студенческие смс
Смс реклама [1]
Смс реклама
Смс признания [0]
Смс признания
СМС Поздравления с 8 Марта [0]
СМС Поздравления с 8 Марта
СМС на день рождения [0]
СМС на день рождения
Смс другу [0]
Смс другу
СМС доброе утро [0]
СМС доброе утро
Смс cтихи [2]
Смс cтихи
Прикольные смс [0]
Прикольные смс
Любовные смс [0]
Любовные смс
SMS VATAN [3]
SMS VATAN
SMS Новый год [1]
SMS Новый год
SMS YANGI YIL [1]
SMS YANGI YIL
SMS XIKMATLI [1]
SMS XIKMATLI
SMS TOPISHMOQ [1]
SMS TOPISHMOQ
SMS TABRIK [2]
SMS TABRIK
Зарубежная [0]
Зарубежная
SMS SPORT [2]
SMS SPORT
SMS ANIMATSIYA [0]
SMS ANIMATSIYA
SMS SEVGI [17]
SMS SEVGI
SMS REKLAMA [0]
SMS REKLAMA
SMS MAQOL [0]
SMS MAQOL
SMS MANTIQIY [0]
SMS MANTIQIY
SMS LATIFA [2]
SMS LATIFA
SMS KINO MIX [0]
SMS KINO MIX
SMS IBRATLI SHERLAR [1]
SMS IBRATLI SHERLAR
SMS GRAFIKALAR [0]
SMS GRAFIKALAR
SMS FOTO [0]
SMS FOTO
SMS DO`STLIK [2]
SMS DO`STLIK
SMS Chiroyli sevgi so`zlari.. [10]
SMS Chiroyli sevgi so`zlari..
MAKTAB SMS SHERLAR [1]
MAKTAB SMS SHERLAR
SMS PRIKOL (xazil) [8]
SMS PRIKOL (xazil)

[ Forum yangiliklari · Ishtirokchilar · Forum qoidalari · Qidiruv · RSS ]
Страница 1 из 11
O'zbekona Forum » Islomiy Bo'lim » Qur'on Tafsiri/O'zbek tilida » 44. "Duxon' "
44. "Duxon' "
MaRJoNaДата: Yakshanba, 10.03.2013, 17:09 | Сообщение # 1
Рядовой
Группа: Sayt Moderatori (SM)
Сообщений: 314
Статус: Saytda emas
DUXON SURASIBu sura ham Makkada nozil qilingan bo‘lib, ellik oyatdir. Sura Qur’oni Karimning muborak Qadr kechasida nozil bo‘lgani haqida xabar berish bilan boshlanadi, So‘ngra bu aziz Kitobdan shak-shubhada bo‘lgan mushriklar osmondan «tutun»— g‘ubor yog‘iladigan kun bilan ogohlantiriladilarki, suraning «Duxon-Tutun» deb nomlanishi shundandir. Bu surada Tangri taoloning payg‘ambarlaridan Muso alayhis-salomning Fir’avn qavmiga yuborilishlari va u zotga iymon keltirgan kishilarga qanday najot berilib, inkor etganlar qanday halokatga yo‘liqqanlari batafsil bayon qilinadi. Sura kofirlar tushadigan do‘zax dahshatlari va mo‘minlar uchun tayyorlab qo‘yilgan jannat manzaralarini tasvirlash bilan nihoyasiga yetadi.Mehribon va rahmli Alloh nomi bilan (boshlayman).1. Ho, Mim.2-3. Ochiq-ravshan Kitobga — Qur’onga qasamki, albatta Biz uni bir muborakbarakotli kechada nozil qildik. Darhaqiqat Biz (insonlarni ushbu Qur’on bilan oxirat azobidan) ogohlantirguvchi bo‘ldik.I z o h . Ko‘pchilik ulamolarning aytishlaricha bu kecha Ramazon oyidagi Qadr kechasi bo‘lib, Qur’oni Karim o‘sha kechada nozil bo‘la boshlagandir. Uning «muborak-barakotli kecha deyilishiga sabab esa, jaholat zulmatlarida qolib, o‘z yo‘lini yo‘qotib qo‘ygan insoniyat olami o‘sha kechada osmon bilan bog‘lanib, undan o‘zi uchun to qiyomat dasturul-amal bo‘ladigan ilohiy yul-yo‘riqlar ola boshlaganidir. Bu kechaning yana boshqa xislatlari ham borki, u haqda quyidagi oyatlarda bayon qilinadi.4. U (kecha)da barcha puxta-aniq ish(lar) ayrilur (belgilanur).I z o h . Ibn Abbos (Alloh undan rozi bo‘lsin) aytadilarki, Alloh taolo bu kechada to kelgusi sananing shu kechasigacha bo‘ladigan, bandalarga taalluqli barcha ishlar haqida hukm qilur.5. (Bu kechada taqdir qilinadigan barcha ishlar) Bizning huzurimizdan bo‘lgan Ishdir. Darhaqiqat Biz (bashariyatga payg‘ambarlar) yuborguvchi bo‘ldikki,6. (Bu) Parvardigoringiz tomonidan bo‘lgan rahmat-mehribonlikdir. Albatta Uning O’zigina (barcha narsani) eshitguvchi, bilguvchidir.7. Agar haqiqiy ishonguvchi bo‘lsangizlar, (o‘sha sizlarning Parvardigoringiz) osmonlar va yerning hamda ularning o‘rtasidagi bor narsalarning ham Parvardigoridir.8. Hech qanday iloh yo‘q, magar Uning O’zi bordir. Hayot va o‘lim beradigan ham Uning O’zidir. Sizlarning Parvardigoringiz ham, avvalgi otabobolaringizning Parvardigori ham (Uning O’zidir).9. Yo‘q, ular (ya’ni mushriklar qayta tirilish xususida) shak-shubhada bo‘lib, (Allohning payg‘ambarlarining ustidan masxara qilib) o‘ynarlar.10. Bas, (ey Muhammad), siz osmon ochiq (ya’ni barchaga ko‘rinadigan) tutunni keltiradigan Kunga ko‘z tuting!11. U (tutun barcha) odamlarni o‘rab olur. Bu alamli azobdir.I z o h . Imom Buxoriy rivoyat qilishlaricha, qurayshliklar o‘z kufru isyonlaridan qaytishmagan, u zot Alloh taolodan Yusuf payg‘ambar zamonlarida bo‘lib o‘tgan qahatchilik kabi balo yuborishni so‘ragan ekanlar. Shunda bir necha yil davomida shunday qurg‘oqchilik va qahatchilik bo‘libdiki, odamlar qo‘llariga tushgan narsani yeya boshlabdilar va qurib-qaqshab ketgan yerdan ko‘tarilgan chang-to‘zon ularning ko‘zlariga tutundek ko‘rina boshlabdi. Ana endi ular Alloh taologa yolvorib duo-iltijo qilishga tutinadilar.12. «Parvardigor, O’zing bizlardan bu azobni aritgin. Albatta bizlar iymon keltirguvchidirmiz».13-14. (Lekin) ular uchun qayoqdan ham (boshlariga tushgan bu baloofatlardan) eslatma-ibrat olish bo‘lsin?! Holbuki ularga ochiq payg‘ambar (ya’ni Muhammad alayhis-salom) keldi, so‘ngra undan yuz o‘girdilar va: «(Unga Qur’on birovlar tomonidan) o‘rgatib qo‘yilgan, (u) majnun», dedilar-ku?! (Bas, ochiq-ravshan mo‘jiza — Qur’onni keltirgan payg‘ambarga iymon keltirmay, undan yuz o‘girgan kimsalar boshqa biron narsadan pand-nasihat olarmidilar?!)15. Albatta Biz bu azobni (sizlardan) bir oz (vaqtgacha) aritguvchidirmiz, sizlar ham shak-shubhasiz (o‘z kufru isyonlaringizga) qaytuvchidirsizlar.16. Biz dahshatli ushlash bilan ushlaydigan kunda (ya’ni Badr jangida yoki Qiyomat kunida Biz ulardan intiqom olurmiz). Zero Biz intiqom olguvchidirmiz.17. Aniqki, Biz Ulardan ilgari Fir’avn qavmini ham imtihon qilganmiz va Ularga bir ulug‘ payg‘ambar (ya’ni Muso alayhis-salom) kelgandir.18. (U ularga dedi): «Sizlar menga Allohning bandalarini (ya’ni Bani Isroil qavmini) topshiringlar! Albatta men sizlar uchun ishonchli payg‘ambardirman».I z o h. Ma’lumki, Fir’avn va uning qavmi bo‘lgan Qibtiylar Bani Isroil qavmini mustamlaka qilib, ularga ko‘p zulmu zo‘ravonliklar qilar edilar. Muso payg‘ambar Alloh taoloning amri bilan Fir’avn oldiga borib, undan Bani Isroil qavmini ozod qilib yuborishni talab qiladi. Mazkur va quyidagi oyatlarda shu haqda xabar beriladi.19. «Va Allohga kibru havo qilmanglar! Albatta men sizlarga (o‘zimning haq payg‘amar ekanligimga) ochiq-ravshan hujjat (mo‘jizalar) keltirurman».20. (Shunda Fir’avn va uning qavmi Musoni o‘ldirish bilan tahdid solganlarida u dedi): «Albatta men Parvardigorim va Parvardigoringizdan sizlar meni toshbo‘ron qilishlaringizdan panoh so‘raganman, (demak sizlarning tahdidlaringizdan qo‘rqmayman).21. Agar menga iymon keltirmasangizlar u holda meni xoli qo‘yinglar!»22. Bas, u Parvardigoriga «Darhaqiqat ular jinoyatchi qavmdir (ya’ni O’zing ularning jazolarini bergin»,) deb duo qildi.23. Bas, (Alloh Musoga vahiy yubordiki,) «Bandalarim (ya’ni Bani Isroil qavmi) bilan birga tunda yo‘lga chiqqin! Albatta, sizlarning izingizga tushilur (ya’ni Fir’avn va uning qo‘shini ortingizdan quvib yetur).24. Va dengizni sokin (ya’ni sizlar o‘tayotganda ikkiga bo‘lingan edi, ana o‘sha holida) qo‘yavergin (va Fir’avn o‘z qo‘shini bilan undan o‘tib olishidan qo‘rqma). Shak-shubhasiz ular g‘arq qilinguvchi qo‘shindir».25-26. Ular qanchadan-qancha bog‘larni, chashmalarni, ekinzorlarni va ulug‘- go‘zal joylarni qoldirib (o‘zlari g‘arq bo‘lib) ketdilar!27. Va (qanchadan-qancha) o‘zlari vaqtichog‘lik qilgan ne’matlarni (qoldirib ketdilar)!28. Mana shunday! Biz u (ne’matlarni boshqa) bir qavmga meros qilib berdik!29. Bas, ularga osmon ham, yer ham (aza tutib) yig‘lagani yo‘q va ularga (tavba-tazarru’ uchun) muxlat ham berilmadi!30-31. Darhaqiqat Biz Bani Isroilga xor qilguvchi azobdan — Fir’avndan najot berdik. U haqiqatan mutakabbir, haddan oshuvchilardan edi.32. Darhaqiqat Biz ularni (Bani Isroil qavmini) bilgan holimizda (o‘z zamonlaridagi barcha) olamlar — odamlardan tanlab oldik – afzal qildik.33. Va ularga oyat-mo‘jizalardan (dengizning qoq o‘rtasidan bo‘linishi, osmondan rizqu ro‘z yog‘ilishi kabi) narsalarni ato etdikki, ularda (tafakkur qilguvchi uchun) ochiq imtihon-sinov bordir.34-35-36. Albatta ana ular (ya’ni Quraysh kofirlari: «O’lim) faqat birinchi o‘limimizdir va bizlar qayta tirilguvchi emasmiz. Bas, agar («oxirat hayoti ham bor», degan so‘zlaringizda) rostgo‘y bo‘lsangizlar (o‘lib ketgan) otabobolarimizni (qayta tiriltirib) keltiringlar-chi?» derlar.37. Ular (kuch-quvvatda) yaxshiroqmi yoki Tubba’ qavmi va ulardan avvalgi kimsalarmi?! Biz ularni halok qildik. Chunki ular jinoyatchi – osiy edilar.I z o h . Tubba’ — qadim zamonda Madina atrofida yashab o‘tgan bir solih podshoh bo‘lib, uning qavmi juda baquvvat kishilar edi. Ular kuch-quvvatlariga ishonib Tubba’ga itoat etmaganlaridan keyin Alloh taolo ularni halok qilgan edi. Ushbu oyat «Bizlarni yoshimizni yashab bo‘lgunimizcha hech kim halok qila olmaydi va o‘lganimizdan keyin hech kim tiriltira olmaydi», deydigan Quraysh kofirlari haqidadir.38. Biz osmonlar va yerni hamda ularning orasidagi narsalarni o‘ynab-behuda yaratganimiz yo‘q.39. Biz ularni faqat Haq (qonun, intizom) bilan yaratganmiz. Lekin ularning ko‘plari bilmaslar.40. (Haq bilan botilning) ajralish Kuni (ya’ni Qiyomat kuni) barchalarining (insonlarning) hisob-kitob vaqtidir.41. U Kunda do‘st do‘stga biron narsada asqotmas va ularga yordam ham berilmas.42. Magar Alloh rahmat qilgan kishilargagina (yordam berilur). Albatta Uning O’zigina qudratli va mehribondir.43-44. Albatta (do‘zaxning o‘rtasida o‘sadigan) Zaqqum daraxti gunohkorning taomidir.45-46. (U taom) misoli qaynoq suvning qaynashi kabi qorinlarda qaynaydigan eritilgan (dog‘langan) yog‘dir!47-48. (Do‘zax farishtalariga): «Uni (gunohkorni) ushlab do‘zaxning o‘rtasiga sudrab olib boringlar, so‘ngra boshi ustidan qaynoq suvdan — azobdan quyinglar!» (deb amr etilur).49-50. (Unga masxara qilish uchun: «Mana bul azobni) totib ko‘rgin! Darhaqiqat, sening o‘zinggina «qudratli va ulug‘dirsan». Darvoqe’, bu (azob) sizlar (hayoti dunyodalik paytingizda) shak-shubha qilgan narsangizdir!» (deyilur).51-52. Albatta taqvodor zotlar (U Kunda) osoyishta joyda, bog‘lar va chashmalar ustida bo‘lurlar.53. Ular bir-birlariga ro‘baro‘ bo‘lgan hollarida ipak-shoyidan liboslar kiyib (o‘ltirurlar).54. Mana shunday! Yana Biz ularga ohuko‘z hurlarni jufti halol qilib qo‘ygandirmiz.55. Ular u joyda tinch-xotirjam bo‘lgan hollarida (xizmatkorlardan) barcha meva-chevani chaqirurlar.56. Ular (jannatda) birinchi o‘limdan (ya’ni hayoti dunyodan ko‘z yumganlaridan) boshqa o‘limni totmaslar. (Alloh) ularni do‘zax azobidan saqlagandir.57. (Bu) Parvardigoringiz tomonidan bo‘lgan fazlu marhamatdir. Mana shu ulug‘ baxtdir.58. Bas, (ey Muhammad), darhaqiqat, shoyad ular eslatma-ibrat olsalar, deb Biz (bu Qur’onni) sizning tilingiz bilan oson-engil qilib berdik. (Lekin ular Qur’on pand-nasihatlarini qabul qilmadilar).59. Bas, endi siz (ularning hollari ne kechishiga) ko‘z tuting! Ular ham albatta (sizning halokatingizga) ko‘z tutguvchidirlar.

Ne govori nichego durnogo o kom libo, esli tochno ne znaesh etogo, a esli i znaesh, to sprosi sebya: pochemu ya eto govoryu?
 
O'zbekona Forum » Islomiy Bo'lim » Qur'on Tafsiri/O'zbek tilida » 44. "Duxon' "
Страница 1 из 11
Поиск:

������ �� ������ ZeroParking
Личный профиль
Avatar qoyilmagan!

Guruh:
Mehmonjon
Soat:16:34

Login: Mehmon
ID:
Твой IP:54.160.245.121
Профиль
Читать ЛС ()


Голосовой поиск

Топ рисунок

TOP mp3