Меню сайта

Опрос
     
Eng extirosli xonanda
  
1. Shaxzoda
2. Rayxona
3. Dilso'z
4. Nilufar Usmanova
5. Ziyoda
6. Lola
7. Sug'diyona
8. Dineyra
9. Manzura
10. Ruxshona
javascript:// javascript://
  
Всего ответов: 118

  

Статистика
Статистика
Всего: 9159
За месяц: 0
За неделю: 0
Вчера: 0
Сегодня: 0
Из них
Гл.Администраторов: 3
Администраторов: 1
Гл.Модераторов: 1
Модераторов: 0
Дизайнеров: 1
Журналистов: 1
V.I.P:
Постоянных: 2
Проверенных: 104
Забаненых: 0
Обычных юзеров: 9047
Из них
Парней: 9065
Девушек: 81

Счетчики
waplog Яндекс.Метрика waplog.uz
Онлайн лист
Пользователи отсутствуют...
         
Cегодня нас посетили

Смски
SMS TURK [7]
SMS TURK
SMS English [1]
SMS English
Студенческие смс [1]
Студенческие смс
Смс реклама [1]
Смс реклама
Смс признания [0]
Смс признания
СМС Поздравления с 8 Марта [0]
СМС Поздравления с 8 Марта
СМС на день рождения [0]
СМС на день рождения
Смс другу [0]
Смс другу
СМС доброе утро [0]
СМС доброе утро
Смс cтихи [2]
Смс cтихи
Прикольные смс [0]
Прикольные смс
Любовные смс [0]
Любовные смс
SMS VATAN [3]
SMS VATAN
SMS Новый год [1]
SMS Новый год
SMS YANGI YIL [1]
SMS YANGI YIL
SMS XIKMATLI [1]
SMS XIKMATLI
SMS TOPISHMOQ [1]
SMS TOPISHMOQ
SMS TABRIK [2]
SMS TABRIK
Зарубежная [0]
Зарубежная
SMS SPORT [2]
SMS SPORT
SMS ANIMATSIYA [0]
SMS ANIMATSIYA
SMS SEVGI [17]
SMS SEVGI
SMS REKLAMA [0]
SMS REKLAMA
SMS MAQOL [0]
SMS MAQOL
SMS MANTIQIY [0]
SMS MANTIQIY
SMS LATIFA [2]
SMS LATIFA
SMS KINO MIX [0]
SMS KINO MIX
SMS IBRATLI SHERLAR [1]
SMS IBRATLI SHERLAR
SMS GRAFIKALAR [0]
SMS GRAFIKALAR
SMS FOTO [0]
SMS FOTO
SMS DO`STLIK [2]
SMS DO`STLIK
SMS Chiroyli sevgi so`zlari.. [10]
SMS Chiroyli sevgi so`zlari..
MAKTAB SMS SHERLAR [1]
MAKTAB SMS SHERLAR
SMS PRIKOL (xazil) [8]
SMS PRIKOL (xazil)

[ Forum yangiliklari · Ishtirokchilar · Forum qoidalari · Qidiruv · RSS ]
Страница 1 из 11
O'zbekona Forum » Islomiy Bo'lim » Qur'on Tafsiri/O'zbek tilida » 53. "Najm"
53. "Najm"
MaRJoNaДата: Shanba, 23.02.2013, 15:37 | Сообщение # 1
Рядовой
Группа: Sayt Moderatori (SM)
Сообщений: 314
Статус: Saytda emas
NAJM SURASI 
Oltmish ikki oyatdan tashkil topgan bu sura Makkada nozil qilingan. U butun payg‘ambarlar tarixida yagona bo‘lgan mislsiz mo‘jiza — Muhammad alayhissalomning Me’rojga chiqishlarini va u dargohdagi aqlu shuurni lol qilguvchi manzarani tasvirlash bilan boshlanadi. So‘ngra mushriklar o‘z qo‘llari bilan yasashib, keyin o‘zlaricha turli nomlar bilan atab olishib sig‘inadigan but va sanamlari hech kimga hech qanday foyda ham ziyon ham yetkaza olmaydigan imkonsiz maxluqlar ekanligi uqtiriladi. Bu surada yana har bir inson oxiratda faqat o‘zi qilib o‘tgan amallari bilan jazolanishi, o‘zgalar uning gunohlarini o‘z yelkalariga ololmaganlari kabi, unga o‘zlarining savdolaridan ham bera olmasliklari ayricha ta’kidlanadi. Sura etagida esa o‘tmishda kufru isyon bilan o‘tgan qavmlarning qanday halokatlarga duchor bo‘lganliklari eslatilib, barcha insonlarni yolg‘iz Allohgagina ibodat qilishga da’vat etiladi. Sura o‘zining ilk oti nomi bilan «Van-Najm» — «Yulduzga qasam» deb atalgandir.Mehribon va rahmli Alloh nomi bilan (boshlayman).1-2. Botib ketayotgan yulduzga qasamki, sizlarning sohibingiz (ya’ni Muhammad alayhis-salom) zalolatga ham ketgani yo‘q, yo‘ldan ham ozgani yo‘q!3. Va u (sizlarga keltirayotgan Qur’onni) o‘z havoyi-xohishi bilan so‘zlamas.4. U (Qur’on) faqat (Alloh tomonidan payg‘ambarga) vahiy qilinayotgan (tushirilayotgan) bir vahiydir.5-6-7. Unga (bu vahiyni) bir kuchga to‘lgan, sohibi qudrat (ya’ni Jabroil alayhis-salom) ta’lim bermishdir. Bas, u (avval) yuksak ufqda (ko‘rinib), tik turdi.8. So‘ngra yaqinlashib, pastladi.9. Bas, (Muhammad alayhis-salomga) ikki kamon oralig‘ida yo (undan-da) yaqinroq bo‘lib.10. (Alloh) o‘z bandasi (Muhammad alayhis-salom) ga tushirgan vahiyni keltiradi.11. (Payg‘ambarning) ko‘ngli ko‘rgan narsasini inkor etmadi. (Ya’ni Jabroil farishtaning suratini ko‘rib, payg‘ambarning ko‘ngli ham qanoatlandi va uning Alloh taolo tomonidai farishta ekanligiga iymon keltirdi).12. Endi sizlar, (ey mushriklar payg‘ambar) ko‘rib turgan narsasi ustida u bilan tortishurmisizlar?!13-14. Qasamki, (Muhammad alayhis-salom Jabroil farishtani o‘zining asliy suratida) ikkinchi bor (jannat) chetidagi Nilufar oldida ko‘rdi.I z o h . Bu ko‘rish Payg‘ambar alayhis-salom Jabroil farishta bilan birga Me’rojga ko‘tarilganlarida ro‘y bergan edi. Endi quyidagi oyatlarda rasulullohning o‘sha me’rojda ko‘rgan — guvoh bo‘lgan manzaralari tasvirlanadi.15. Jannati ma’vo ham o‘sha (Nilufar)ning oldidadir.16. O’shanda Nilufarni o‘ragan narsa (ya’ni Alloh taoloning fayzi ilohiysi) o‘rab olgan edi.17-18. (Payg‘ambarning) ko‘zi (o‘ngu so‘lga) og‘gani ham yo‘q, o‘z haddidan oshgani ham yo‘q. Darhaqiqat u (o‘sha soatda) Parvardigorining buyuk oyatlarini (ya’ni U zotning qudrati ilohiysiga dalolat qiladigan juda ko‘p alomatlarni), ko‘rdi.19-20. (Ey mushriklar, o‘zlaringizcha sig‘inayotgan sanamlaringiz) — «Lot», «Uzzo», va yana uchinchilari bo‘lmish tuban «Manot» haqida hech o‘ylab ko‘rdinglarmi?!21. (Sizlar o‘sha but-sanamlarni va farishtalarni «Allohning qizlari», deysizlar, demak) erkak (jinsi) sizlarniki-yu, ayol (jinsi) U zotnikimi?!22. U holda bu adolatsiz taqsim-ku?!23. U (nom)lar faqat sizlar o‘zlaringiz va ota-bobolaringiz qo‘yib olgan nomlardir. Alloh ular(ga ibodat qilish) haqida biron hujjat tushirgan emas. U (mushrik)larga (payg‘ambar alayhis-salom vositalarida) Parvardigor tomonidan hidoyat (Qur’on) kelib turgan holda ular faqat gumonga va havoyi nafslarigagina ergashadilar-a!24. Yoki inson uchun o‘zi orzu qilgan narsa bo‘laverarmi?! (Hargiz bo‘lmas!)I z o h. Mushriklar o‘zlari yasab keyin «Lot, Uzzo va Manot» deb nom qo‘yib olgan butlari haqida «Bular Allohning qizlaridir. Mana shular Qiyomat Kunida bizlarni shafoat qilishadi», deb xomxayol qilib yurar edilar. Yuqoridagi oyat ularning bu xomxayollari hech qachon amalga oshmasligini ta’kidladi.25. Zero oxirat ham, dunyo ham yolg‘iz Allohnikidir!26. Osmonlarda qanchadan-qancha farishtalar bo‘lib, o‘shalarning shafoatlari ham biron foyda bermas, magar Alloh O’zi xohlagan rozi bo‘lgan kishilar uchun (shafoatga) izn berganidan keyingina (u shafoatning foydasi tegur).27. Darvoqe’, oxiratga iymon keltirmaydigan kimsalar farishtalarni ayollar nomi bilan ataydilar.28. Holbuki ular uchun bu xaqda (ya’ni, farishtalarning qaysi jinsdan ekanligi haqida) biron bilim-hujjat yo‘qdir. Ular faqat gumon-taxminga ergashurlar xolos. Aniqki, gumon haqiqatdan biron narsaning o‘rniga o‘tmas!29. Bas, (ey Muhammad), siz Bizning eslatmamizdan orqa o‘girib ketgan va faqat hayoti dunyonigina istagan kimsalardan yuz o‘giring!30. Ularning «ilm»dan yetgan joylari mana shu (hayoti dunyo matolarinigina istash)dir. Albatta Parvardigoringizning O’zi Uning yo‘lidan ozgan kimsalarni juda yaxshi bilguvchidir va U hidoyat topgan zotlarni ham juda yaxshi bilguvchidir.31. Osmonlardagi va yerdagi bor narsalar yolg‘iz Allohnikidir. U zotning O’zi yomonlik-gunoh qilib o‘tgan kimsalarni qilgan amallari bilan jazolagay va chiroyli amal qilgan zotlarni go‘zal (savob-jannat) bilan mukofotlagay!32. Ular (ya’ni jannatga sazovor bo‘lganlar) kichik xatolardan boshqa katta gunohlardan va buzuqliklardan yiroq bo‘ladigan zotlardir. Albatta Parvardigoringiz mag‘firati keng zotdir. U sizlarni (ya’ni otalaringiz Odamni) O’zi yerdan – tuproqdan paydo qilgan paytidanoq va sizlar onalaringizning qornida homila bo‘lgan paytingizdanoq juda yaxshi bilguvchidir. Bas, sizlar o‘zlaringizni poklamay qo‘ya qolinglar! U taqvodor bo‘lgan kishilarni ham juda yaxshi bilguvchidir.33-34. (Ey Muhammad, iymondan) yuz o‘girib ketgan va ozgina (mol) berib, (keyin shart qilingan molni berishni) to‘xtatgan kimsani ko‘rdingizmi?I z o h. Bu oyatlarning nozil bo‘lishiga bir voqea sabab bo‘lgan. Valid ibn Mug‘iyra degan bir kishi payg‘ambar alayhis-salom huzurlarida o‘tirib, u zotning pand-nasihatlarini eshitgach, ta’sirlanib, Islom diniga kirmoqchi bo‘ladi. Shunda mushriklardan biri unga «Sen ota-bobolaringni yo‘ldan ozgan kimsalar deb ularning dinini tark qilib, Muhammadning diniga kirmoqchimisan?», deb qutqu soladi. Ikkilanib qolgan Valid: «Axir men Islomga kirmasam, Allohning azobiga giriftor bo‘laman-ku?» deganida, haligi mushrik unga: «Agar sen menga falon miqdorda mol-pul bersang, sening barcha gunohlaringni oxiratda o‘z bo‘ynimga olaman», deydi, Uning vasvasasiga uchgan Valid dindan yuz o‘giradi va o‘zaro shartlashgan mollaridan bir qismini haligi mushrikka beradi, ammo qolganini baxillik qilib bermay qo‘yadi. Shunda yuqoridagi oyati karimalar nozil bo‘ladi va shu mavzu’ quyidagi oyatlarda ham davom etadi.35. Uning huzurida g‘ayb ilmi bormidiki, u (kelajakda boshqa birov o‘zining gunohini zimmasiga olishini) bilib olsa?!36-37. Yoki unga Musoning va (ahdiga) vafodor zot bo‘lgan Ibrohimning sahifalaridagi so‘zlar xabari berilmaganmidi?!38. Hech bir ko‘targuvchi (ya’ni gunohkor jon) o‘zga jonning yukini (ya’ni gunohini) ko‘tarmas!39. Inson uchun faqat o‘zi qilgan harakatigina bo‘lur (ya’ni o‘zgalarning qilgan yaxshi amallaridan unga biron foyda yetmas).40. Uning qilgan sa’y-harakati esa yaqinda (Qiyomat kunida) ko‘rinur.41. So‘ngra u (o‘sha sa’y-harakati uchun) to‘la-to‘kis jazo-mukofot olur.42. Albatta oxirgi chegara yolg‘iz Parvardigoringiz oldiga (bormoqlik)dir.43. Albatta kuldirgan ham, yig‘latgan ham Uning O’zidir.44. Albatta o‘ldirgan ham, tiriltirgan ham Uning O’zidir.45-46. Va albatta U zot otilib chiqadigan nutfadan erkak-ayol juftlarni yaratgandir.47. Albatta (barcha xaloyiqni o‘lganidan so‘ng) ikkinchi bor paydo qilish ham yolg‘iz Uning zimmasidadir.48. Albatta boy qilgan ham, badavlat qilgan ham Uning O’zidir.49. Albatta She’ro (yulduzi)ning Parvardigori ham Uning O’zidir.I z o h . Mushriklarning bir toifasi yozning issiq kechalarida ko‘rinadigan She’ro (Sirius) nomli yulduzga sig‘inar edilar. Mazkur oyati karima Alloh taolo ular sig‘inayotgan She’roning ham Parvardigori ekanligini uqtiradi.50-51. Albatta U zot avvalgi Od va Samud (qabilalari)ni ham halok qildi, bas (ulardan biron kishini tirik) qoldirmadi.52. Yana U zot ilgari Nuh qavmini ham (halok qilgandir). Chunki ularning o‘zlari juda zolim va tug‘yonga tushgan kimsalar edilar.53-54. Yana U zot zeru-zabar bo‘lgan qishloqni (ya’ni Lut payg‘ambar qavmini) ham qulatib, uni o‘ragan narsa (ya’ni osmonda yog‘ilgan toshlar) bilan o‘rab ko‘mib tashladi.55. Bas, (ey inson) Parvardigoringning qaysi ne’matlari haqida shak-shubha qilursan?!56. Bu (ya’ni Muhammad alayhis-salom ham) avvalgi ogohlantirguvchilar (payg‘ambarlar jumlasi)dan bir ogohlantirguvchidir.57-58. Yaqin bo‘lguvchi (qiyomat) yaqin qoldi. Uning uchun Allohdan o‘zga biron ochguvchi (qachon bo‘lishini bildirguvchi) yo‘qdir.59. (Ey mushriklar), hali sizlar mana shu So‘zdan (Qur’ondan) ajablanursizlarmi?!60-61. (Undagi oyatlarning benazir va bemisl o‘git-nasihatlaridan ta’sirlanib) yig‘lamasdan, g‘ofil bo‘lgan hollaringizda kulursizlarmi?!62. Bas, sizlar yolg‘iz Allohga sajda va ibodat qilinglar!
I z o h. Ushbu oyati karima navbatdagi sajda oyati bo‘lib, uni o‘qigan va tinglagan har bir kishi uchun bir bor sajda lozim bo‘lur.


Ne govori nichego durnogo o kom libo, esli tochno ne znaesh etogo, a esli i znaesh, to sprosi sebya: pochemu ya eto govoryu?
 
O'zbekona Forum » Islomiy Bo'lim » Qur'on Tafsiri/O'zbek tilida » 53. "Najm"
Страница 1 из 11
Поиск:

������ �� ������ ZeroParking
Личный профиль
Avatar qoyilmagan!

Guruh:
Mehmonjon
Soat:03:59

Login: Mehmon
ID:
Твой IP:54.80.211.135
Профиль
Читать ЛС ()


Голосовой поиск

Топ рисунок

TOP mp3