Меню сайта

Опрос
     
Eng extirosli xonanda
  
1. Shaxzoda
2. Rayxona
3. Dilso'z
4. Nilufar Usmanova
5. Ziyoda
6. Lola
7. Sug'diyona
8. Dineyra
9. Manzura
10. Ruxshona
javascript:// javascript://
  
Всего ответов: 118

  

Статистика
Статистика
Всего: 9159
За месяц: 0
За неделю: 0
Вчера: 0
Сегодня: 0
Из них
Гл.Администраторов: 3
Администраторов: 1
Гл.Модераторов: 1
Модераторов: 0
Дизайнеров: 1
Журналистов: 1
V.I.P:
Постоянных: 2
Проверенных: 104
Забаненых: 0
Обычных юзеров: 9047
Из них
Парней: 9065
Девушек: 81

Счетчики
waplog Яндекс.Метрика waplog.uz
Онлайн лист
Пользователи отсутствуют...
         
Cегодня нас посетили

Смски
SMS TURK [7]
SMS TURK
SMS English [1]
SMS English
Студенческие смс [1]
Студенческие смс
Смс реклама [1]
Смс реклама
Смс признания [0]
Смс признания
СМС Поздравления с 8 Марта [0]
СМС Поздравления с 8 Марта
СМС на день рождения [0]
СМС на день рождения
Смс другу [0]
Смс другу
СМС доброе утро [0]
СМС доброе утро
Смс cтихи [2]
Смс cтихи
Прикольные смс [0]
Прикольные смс
Любовные смс [0]
Любовные смс
SMS VATAN [3]
SMS VATAN
SMS Новый год [1]
SMS Новый год
SMS YANGI YIL [1]
SMS YANGI YIL
SMS XIKMATLI [1]
SMS XIKMATLI
SMS TOPISHMOQ [1]
SMS TOPISHMOQ
SMS TABRIK [2]
SMS TABRIK
Зарубежная [0]
Зарубежная
SMS SPORT [2]
SMS SPORT
SMS ANIMATSIYA [0]
SMS ANIMATSIYA
SMS SEVGI [17]
SMS SEVGI
SMS REKLAMA [0]
SMS REKLAMA
SMS MAQOL [0]
SMS MAQOL
SMS MANTIQIY [0]
SMS MANTIQIY
SMS LATIFA [2]
SMS LATIFA
SMS KINO MIX [0]
SMS KINO MIX
SMS IBRATLI SHERLAR [1]
SMS IBRATLI SHERLAR
SMS GRAFIKALAR [0]
SMS GRAFIKALAR
SMS FOTO [0]
SMS FOTO
SMS DO`STLIK [2]
SMS DO`STLIK
SMS Chiroyli sevgi so`zlari.. [10]
SMS Chiroyli sevgi so`zlari..
MAKTAB SMS SHERLAR [1]
MAKTAB SMS SHERLAR
SMS PRIKOL (xazil) [8]
SMS PRIKOL (xazil)

[ Forum yangiliklari · Ishtirokchilar · Forum qoidalari · Qidiruv · RSS ]
Страница 1 из 11
O'zbekona Forum » Islomiy Bo'lim » Qur'on Tafsiri/O'zbek tilida » 54. "Qamar"
54. "Qamar"
MaRJoNaДата: Shanba, 23.02.2013, 15:36 | Сообщение # 1
Рядовой
Группа: Sayt Moderatori (SM)
Сообщений: 314
Статус: Saytda emas
QAMAR SURASI 
Bu sura ham Makka suralaridan bo‘lib, ellik besh oyatdir. U payg‘ambar alayhis-salomga ato etilgan mo‘jizalardan biri – Oyning bo‘linishi haqidagi oyati karima bilan boshlanadi. Suraning «Qamar – Oy» deb nomlanishining boisi ham shudir. So‘ngra barcha odamlar «go‘yo yoyilgan chigirtkalar kabi qabrlaridan chiqib keladigan» Qiyomat kuni va u Kunda ro‘y beradigan dahshatli hodisalar tasvirlanadi. Bu surada ham o‘tmishdagi o‘zlariga yuborilgan payg‘ambarlarni yolg‘onchi qilgan qavmlarning mana shu dunyodayoq halokatga duchor etilganliklari uqtirilib, ularning oxiratda ko‘rajak azob-uqubatlari yanada dahshatliroq ekanligi to‘g‘risida ham xabar beriladi. Sura taqvo egalari uchun Alloh taolo huzurida tayyorlab qo‘yilgan go‘zal oqibat — jannatning tavsifi bilan xotima topadi.Mehribon va rahmli Alloh nomi bilan (boshlayman).1. (Qiyomat) soati yaqinlashib qoldi va oy ham bo‘lindi.2. Agar ular (Quraysh kofirlari Muhammad alayhis-salomning haq payg‘ambar ekanliklariga dalolat qiladigan) biron oyat-mo‘jiza ko‘rsalar (ham u payg‘ambarga iymon keltirish o‘rniga) yuz o‘girurlar va «(Bu) har doimgi sehrku! » derlar.I z o h . Juda ko‘p sahobalar tomonidan rivoyat qilinishicha, Makka kofirlari payg‘ambar alayhis-salomga: «Agar sen chin payg‘ambar bo‘lsang, bizlarga anavi oyni ikkiga bo‘lib ber-chi», dedilar va agar u zot shu ishni qila olsalar, iymon keltirishlarini aytishdi. O’shanda oy to‘lgan kecha edi. Shundan so‘ng rasululloh Parvardigoriga iltijo qilib, fazlu marhamatini darig‘ tutmasligini yolvorib so‘ragan edilar, banogoh to‘lin oy qoq o‘rtasidan bo‘linib, yarmi Safo tog‘i ustida, yarmi esa uning ro‘baro‘sidagi Qayqaon tog‘i ustida paydo bo‘ldi. Bu mo‘jizani ko‘rib turgan mushriklar... «Muhammad bizlarni sehrlab qo‘ydi. Mayli, u hamma odamlarni sehrlay olmaydi-ku, bu yerda xozir bo‘lmagan kishilardan so‘raymiz», dedilar. Mana shu paytda Makkaga kirib kelgan karvon ahlidan so‘rashgan edi, ular ham yo‘lda kelishayotganida oyning ikkiga bo‘linganini ko‘rganlarini aytdilar. Lekin Abu Jahl (Johil – nodonlarning otasi) laqabli bir mushrik boshliq kofirlar «Bu har doimgi sehrlardan biri» degan gapdan nariga o‘tmadilar. Shunda yuqoridagi oyatlar nozil bo‘ldi.3. Ular (payg‘ambarni) yolg‘onchi qildilar va havoyi nafslariga ergashdilar. — Har bir ish (o‘z) joyini topguvidir (ya’ni garchi kofirlar yuz o‘girsalar-da, bu haq din yer yuzida qaror topur).4-5. — Holbuki ularga (ilgari o‘tgan kofirlarning) xabarlaridan iborat bir narsaetuk hikmat keldiki, unda (kufru zalolatdan) tiyilish (lozim ekanligini uqtirguvchi ibratlar) bor edi. (Lekin ular o‘zlarining kufrlaridan tiyilmadilar). Bas, (ularga hech qanday) ogohlantirish foyda bermas!6-7. (Ey Muhammad), endi siz ulardan yuz o‘giring! Chorlaguvchi (Isrofil farishta) notanish bo‘lgan bir narsaga (ya’ni Qiyomatdagi kofirlar uchun dahshatli hisob-kitobga) chorlaydigan Kunda ular (kofirlar) ko‘zlari (qo‘rquvdan) quyiga boqqan hollarida go‘yo yoyilgan chigirtkalar kabi, qabrlaridan chiqib kelurlar!8. Chorlaguvchi tomoniga shoshganlaricha ketar ekanlar, u kofirlar «Bu og‘ir kundir», derlar.9. Ulardan (Makka kofirlaridan) ilgari Nuhning qavmi ham (uni) yolg‘onchi qilgan edi. — Ular Bizning bandamiz (Nuh)ni yolg‘onchi qilishib: «(U) bir majnun», dedilar va u (o‘z payg‘ambarlik vazifasini ado etishdan) to‘sib qo‘yildi.10. Shunda u Parvardigoriga: «Men (u kofir qavmimdan) mag‘lubdirman. O’zing yordam qilgin», deb duo-iltijo qilgan edi.11. Biz osmon darvozalarini (tinimsiz) quyilguvchi suv — sel bilan ochib yubordik.12. Va barcha yerdan chashmalar chiqarib yubordik. Bas, (osmon va yerning) suvi taqdir qilib qo‘yilgan bir ish (ya’ni kofirlarni g‘arq qilib yuborish) ustida uchrashdilar!13. Uni (Nuhni) esa taxtayu-mixlar egasida (ya’ni taxtalar va mixlardan yasalgan bir kemada) ko‘tardik.14. U (kema) Bizning ko‘z o‘ngimizda (hifzu-himoyamizda) suzar. (Bu o‘z qavmi tomonidan payg‘ambarligi) inkor qilingan kishi (ya’ni Nuh payg‘ambar) uchun mukofotdir.15. Darhaqiqat, Biz u (To‘fon balosi)ni bir oyat-ibrat qilib qoldirdik. Bas, biron eslatma-ibrat olguvchi bormi?!16. Bas, Mening (payg‘ambarlarimni yolg‘onchi qilgan kimsalarga ko‘rsatgan) azobim va ogoxlantirish qandoq bo‘ldi?!17. Qasamki, Biz Qur’onni zikr-eslatma olish uchun oson qilib qo‘ydik. Bas, biron eslatma-ibrat olguvchi bormi?18. Od (qabilasi ham o‘zlariga yuborilgan Hud payg‘ambarni) yolg‘onchi qildi. Bas, Mening azobim ogoxlantirishim qandoq bo‘ldi?!19-20. Darvoqe’, Biz ularning ustiga bir davomli nahs kunida (ya’ni nahsshumligi xech ketmaydigan kunda) bir dahshatli bo‘ronni yubordikki, u odamlarni go‘yoki ular sug‘urib olingan xurmo (daraxti)ning tanalaridek yulibuchirib ketur.21. Bas, Mening azobim va ogohlantirishim qandoq bo‘ldi?!22. Qasamki, Biz Qur’onni zikr-eslatma olish uchun oson qilib qo‘ydik. Bas, biron eslatma-ibrat olguvchi bormi?!23. Samud (qabilasi ham Solih payg‘ambar keltirgan) ogohlantirishlarni yolg‘on dedi.24. Bas, ular aytdilar: «Bizlar o‘zimizning oramizdagi bir odamga (payg‘ambar deb) ergashurmizmi?! U holda bizlar haqiqatan ham gumroxlik va ahmoqliknodonlikda bo‘lurmiz-ku!25. Bizlarning oramizdan ana o‘shanga eslatma – vahiy tashlanibdimi?! Yo‘q, u haddan oshgan yolg‘onchidir».26. Ular ertaga (oxiratda) kim haddan oshgan yolg‘onchi ekanligini bilib olajaklar.27. Albatta Biz ularni imtihon qilish uchun bir tuya yuborguvchidirmiz. Bas, (ey Solih), sen (ularning qilmishlarini) kuzatib va (ozor-aziyyatlariga) sabr qilib turavergin!28. Va suvning ular (bilan tuya) o‘rtasidagi taqsimlab qo‘yilgani (ya’ni suvdan bir kun ular ichsalar, bir kun tuya ichishligi lozim ekanligi) va har bir ichishga (navbat kelganida) hozir bo‘linishi haqida ularga xabar bergin!29. So‘ng ular (Samud qabilasi) o‘zlarining bir sheriklarini (tuyani o‘ldirish uchun) chorlagan edilar, u (kelib qilichini) oldi-da, (tuyani) so‘yib yubordi.30. Bas, Mening azobim va ogoxlantirishim qandoq bo‘ldi?!31. Darvoqe’ Biz ularning ustiga bir dahshatli qichqiriq yuborgan edik, ular xuddi (qo‘ylari uchun) qo‘ra yasovchining (qo‘rasidan to‘kilgan) xas-xashak kabi bo‘lib qoldilar.32. Qasamki, Biz Qur’onni zikr-eslatma olish uchun oson qilib qo‘ydik. Bas, biron eslatma-ibrat olguvchi bormi?33. Lut qavmi (u keltirgan) ogohlantirishlarni yolg‘on dedi.34. Darvoqe’, Biz ularning ustiga (tosh) bo‘ron yubordik. Magar Lut xonadonigagina tong-saharda najot berdik.35. (Bu najot) Bizning huzurimizdan bo‘lgan bir ne’matdir. Shukr qilgan kishilarni Biz mana shunday mukofotlaymiz.36. Aniqki, (Lut) Bizning (azob bilan) ushlashimizdan ularni (ya’ni o‘z qavmini) ogoxlantirgan edi, (ammo) ular ogohlantirishlardan shubhalanib, yolg‘on dedilar.37. Aniqki, ular (Lutning) mehmon(lar)ini yo‘ldan urmoqchi bo‘ldilar. Bas, Biz ularning ko‘zlarini ko‘r qilib qo‘ydik: «Endi Mening azobimni va ogoxlantirishimni totib ko‘ringlar!»38. Haqiqatan erta tongda ularga barqaror-mangu azob keldi.39. Endi Mening azobimni va ogoxlantirishimni totib ko‘ringlar!40. Qasamki, Biz Qur’onni zikr-eslatma olish uchun oson qilib qo‘ydik. Bas, biron eslatma-ibrat olguvchi bormi?!41. Aniqki, Fir’avn xonadoniga ham ogoxlantirishlar keldi.42. Ular Bizning barcha oyat-mo‘jizalarimizni yolg‘on deganlaridan so‘ng, Biz ularni kuchli-qudratli zotning ushlashi bilan ushladik (ya’ni, barchalarini dengizga g‘arq qilib, yubordik!)43. (Ey Makka ahli), sizlarning kofirlaringiz ana o‘shalardan yaxshiroqmiortiqroqmi, yoki sizlar uchun (samoviy) kitoblarda ora ochiqlik (vasiqasi) bormi (ya’ni sizlar kofir bo‘lib, o‘z payg‘ambarlaringizni yolg‘onchi qilsangizlar ham hech qanday azob-uqubatga yo‘liqmasliklaringiz to‘g‘risida vasiqalaringiz bormi)?!44. Balki, ular: «Biz g‘olib jamoatdirmiz», deyishar?!45. Yaqinda o‘sha jamoat yengilib, ortlariga qarab qochib qolurlar!I z o h. Ushbu oyat payg‘ambar alayhis-salomning chin payg‘ambar ekanliklariga dalolat qiladigan, kelajakda sodir bo‘ladigan hodisa haqidagi xabarlardan biridir. Darvoqe’ mana shu oyat nozil bo‘lganidan so‘ng ko‘p vaqt o‘tmay «Badr» jangida o‘sha mag‘rur mushriklar yengilib, ortlariga qarab qochib qoldilar.46. (Bugina emas), balki ularga (mangu azob uchun) va’da qilingan vaqt (Qiyomat) soatidir. U soat yanada balolik, yanada achchiqdir!47. Albatta jinoyatchi-osiy kimsalar gumrohlik va ahmoqlikdadirlar.48. Ular yuztuban hollarida do‘zaxga sudraladigan Kunda (ularga): «Do‘zax azobini totib ko‘ringlar!» (deyilur).49. Albatta Biz har bir narsani (aniq) o‘lchov bilan yaratdik.50. (Yaratmoqchi bo‘lgan har bir narsamiz uchun) Bizning farmonimiz faqat birgina (ya’ni, «Bo‘l», degan) so‘zdir. (Bas, o‘sha narsa) ko‘z yumib ochguncha (yo‘qdan bor bo‘lur).51. Qasamki, Biz sizlarning o‘xshashlaringizni halok qildik. Bas, biron eslatmaibrat olguvchi bormi?52. Ular qilgan har bir narsa kitoblarda (nomai-a’mollarida) bordir.53. Har bir kichik va katta (amal Lavhul-Mahfuzda) bitilmishdir.
54-55. Albatta taqvodor zotlar jannatlarda va daryolar (usti)da Qodir Podshoh huzuridagi rozi bo‘lingan o‘rinda bo‘lurlar.


Ne govori nichego durnogo o kom libo, esli tochno ne znaesh etogo, a esli i znaesh, to sprosi sebya: pochemu ya eto govoryu?
 
O'zbekona Forum » Islomiy Bo'lim » Qur'on Tafsiri/O'zbek tilida » 54. "Qamar"
Страница 1 из 11
Поиск:

������ �� ������ ZeroParking
Личный профиль
Avatar qoyilmagan!

Guruh:
Mehmonjon
Soat:16:47

Login: Mehmon
ID:
Твой IP:54.160.245.121
Профиль
Читать ЛС ()


Голосовой поиск

Топ рисунок

TOP mp3