Меню сайта

Опрос
     
Eng extirosli xonanda
  
1. Shaxzoda
2. Rayxona
3. Dilso'z
4. Nilufar Usmanova
5. Ziyoda
6. Lola
7. Sug'diyona
8. Dineyra
9. Manzura
10. Ruxshona
javascript:// javascript://
  
Всего ответов: 118

  

Статистика
Статистика
Всего: 9159
За месяц: 0
За неделю: 0
Вчера: 0
Сегодня: 0
Из них
Гл.Администраторов: 3
Администраторов: 1
Гл.Модераторов: 1
Модераторов: 0
Дизайнеров: 1
Журналистов: 1
V.I.P:
Постоянных: 2
Проверенных: 104
Забаненых: 0
Обычных юзеров: 9047
Из них
Парней: 9065
Девушек: 81

Счетчики
waplog Яндекс.Метрика waplog.uz
Онлайн лист
Пользователи отсутствуют...
         
Cегодня нас посетили

Смски
SMS TURK [7]
SMS TURK
SMS English [1]
SMS English
Студенческие смс [1]
Студенческие смс
Смс реклама [1]
Смс реклама
Смс признания [0]
Смс признания
СМС Поздравления с 8 Марта [0]
СМС Поздравления с 8 Марта
СМС на день рождения [0]
СМС на день рождения
Смс другу [0]
Смс другу
СМС доброе утро [0]
СМС доброе утро
Смс cтихи [2]
Смс cтихи
Прикольные смс [0]
Прикольные смс
Любовные смс [0]
Любовные смс
SMS VATAN [3]
SMS VATAN
SMS Новый год [1]
SMS Новый год
SMS YANGI YIL [1]
SMS YANGI YIL
SMS XIKMATLI [1]
SMS XIKMATLI
SMS TOPISHMOQ [1]
SMS TOPISHMOQ
SMS TABRIK [2]
SMS TABRIK
Зарубежная [0]
Зарубежная
SMS SPORT [2]
SMS SPORT
SMS ANIMATSIYA [0]
SMS ANIMATSIYA
SMS SEVGI [17]
SMS SEVGI
SMS REKLAMA [0]
SMS REKLAMA
SMS MAQOL [0]
SMS MAQOL
SMS MANTIQIY [0]
SMS MANTIQIY
SMS LATIFA [2]
SMS LATIFA
SMS KINO MIX [0]
SMS KINO MIX
SMS IBRATLI SHERLAR [1]
SMS IBRATLI SHERLAR
SMS GRAFIKALAR [0]
SMS GRAFIKALAR
SMS FOTO [0]
SMS FOTO
SMS DO`STLIK [2]
SMS DO`STLIK
SMS Chiroyli sevgi so`zlari.. [10]
SMS Chiroyli sevgi so`zlari..
MAKTAB SMS SHERLAR [1]
MAKTAB SMS SHERLAR
SMS PRIKOL (xazil) [8]
SMS PRIKOL (xazil)

[ Forum yangiliklari · Ishtirokchilar · Forum qoidalari · Qidiruv · RSS ]
Страница 1 из 11
O'zbekona Forum » Islomiy Bo'lim » Qur'on Tafsiri/O'zbek tilida » 55. "Rahmon"
55. "Rahmon"
MaRJoNaДата: Shanba, 23.02.2013, 15:35 | Сообщение # 1
Рядовой
Группа: Sayt Moderatori (SM)
Сообщений: 314
Статус: Saytda emas
RAHMON SURASI 
Bu sura Madinada nozil qilingan bo‘lib, yetmish sakkiz oyatdir. U o‘zining ilk oyatida Alloh taoloning Rahmon — Mehribonligini uqtirib, U zotning O’z bandalariga ko‘rsatgan eng katta marhamati – ularga butun hayotlari uchun dasturilamal bo‘lgan Qur’oni Karimni tushirgani ekanligini ta’kidlaydi. So‘ngra koinotdagi eng katta sayyoralardan tortib, eng mayda zarragacha bo‘lgan barcha mavjudot Tangri taolo tomonidap o‘ta nozik hisob-kitob bilan yaratilgani va ulardan har biri o‘z zimmasiga qo‘yilgan vazifani bajarishda Yaratganga so‘zsiz itoat etishi bayon qilinib, insonlar uchun ham o‘zaro oldi-berdi muomalalarida adlu-insof bilan ish tutsinlar, deb mezon-tarozu barpo qilingani uqtiriladi. Bu surada mo‘minlarga ato etiladigan jannat ne’matlari va kofirlarga ko‘z tutib turgan do‘zax azobi batafsil bayon etiladi va o‘zga suralarda guvoh bo‘linmagan bir uslub qo‘llanib, Alloh taoloning qudrati ilohiyyasiga dalolat qiladigan har bir jumladan so‘ng, ya’ni sura davomida o‘ttiz bir bor insu-jinga qarab: «Bas, Parvardigoringizning qaysi ne’matlarini yolg‘on deya olursizlar?!» deb xitob qilinadi. Sura Tangri taoloning buyuk va barakotli zot ekanligini yana bir bor ta’kidlash bilan xotimalanadi.Mehribon va rahmli Alloh nomi bilan (boshlayman).1-2. Mehribon (Alloh Muhammad payg‘ambar va uning ummatlariga) Qur’onni ta’lim berdi.3-4. U zot insonni yaratib, unga (dilidagi maqsadini bayon eta olishi uchun) bayonni (nutqni) ta’lim berdi.5. Quyosh ham, oy ham (aniq) hisob-o‘lchov bilan (joriy bo‘lur).6. O’t-o‘lan ham, dov-daraxt ham (yolg‘iz Allohga) sajda qilur — bo‘yinsunur.7-8. U zot osmonni baland qilib qo‘ydi va sizlar tosh-tarozida tug‘yonga tushmasliklaringiz (ya’ni o‘zgalarga zulm qilmasliklaringiz) uchun mezontarozini o‘rnatdi.9. (Ey insonlar, o‘zaro oldi-berdi muomalalaringizda) to‘g‘ri, adolat bilan tortinglar va tarozidan urib qolmanglar!10. Yerni U zot (jamiyki) jonzotlar uchun (ya’ni ular joylashib, foydalanishlari uchun) past-tekis qilib qo‘ydi.11. Unda (turli-tuman) meva-cheva va gulkosali xurmo daraxtlari bor.12. Yana somonli don-dun va xushbo‘y (gullar) bor.13. Bas, (ey insonlar va jinlar), Parvardigoringizning qaysi ne’matlarini yolg‘on deya (ya’ni inkor qila) olursizlar?!14. U zot insonni (yani Odam alayhis-salomni) sopol kabi qurigan qora loydan yaratdi.15. Jinlarni esa alanga-olovdan yaratdi.16. Bas, (ey insonlar va jinlar), Parvardigoringizning qaysi ne’matlarini yolg‘on deya olursizlar?!17. (Alloh) ikki sharqning (ya’ni kun va oy botadigan joylarning) ham Parvardigoridir.18. Bas, (ey insonlar va jinlar), Parvardigoringizning qaysi ne’matlarini yolg‘on deya olursizlar?!19. U zot ikki dengiz-daryoni bir-birlari bilan uchrashadigan hollarida (yonmayon) oqizib qo‘ydi.20. (Ammo) u ikkisining o‘rtalarida bir to‘siq bo‘lib, ular (o‘sha to‘siqdan) oshib o‘tmaslar.I z o h. Ma’lumki, dengiz qa’ri ham, daryo tubi ham suv bemalol sizib o‘ta oladigan qumloq yoki tuproqdir. Ko‘p hollarda sho‘r suvli dengiz bilan chuchuk suvli daryo yoki ko‘l shundoq yonma-yon joylashib ham qoladi. Lekin Alloh taoloning qudrati bilan ulardan birining sho‘ri ikkinchisiga urib ketmaydi.21. Bas, (ey insonlar va jinlar), Parvardigoringizning qaysi ne’matlarini yolg‘on deya olursizlar?!22. U ikkisidan (biri bo‘lmish dengizdan) marvarid va marjonlar chiqur.23. Bas, (ey insonlar va jinlar), Parvardigoringizning qaysi ne’matlarini yolg‘on deya olursizlar?!24. Dengizdagi tog‘lar kabi baland ko‘tarilgan qatnovchilar (ya’ni yelkanli kemalar) ham yolg‘iz U zotnikidir.25. Bas, (ey insonlar va jinlar), Parvardigoringizning qaysi ne’matlarini yolg‘on deya olursizlar?!26. (Yer) yuzidagi barcha jonzot foniydir.27. Buyuklik va karam sohibi bo‘lgan Parvardigoringizning yuzi — O’zigina boqiy mangu qolur.28. Bas, (ey insonlar va jinlar), Parvardigoringizning qaysi ne’matlarini yolg‘on deya olursizlar?!29. Osmonlar va yerdagi (barcha) jonzot (Unga muhtojdir va bor tilakmaqsadlarini yolg‘iz) Undan so‘rar. U zot har kuni ish-amaldadir.I z o h. Ushbu oyati karima o‘zi mo‘‘jaz bo‘lishiga qaramasdan Islomiy aqidaning asosiy ruknlaridan birini to‘la ifodalagandir. Ya’ni, yeru osmonda Alloh taologa muhtoj bo‘lmagan va Undan madad-yordam tilamagan biron jonzot yo‘qdir. U zot har kuni, har soat, har lahzada O’zi yaratgan koinotdagi barcha jon zotni boshqarib-parvarish qilib turadigan Parvardigordir. Bu oyat, «Alloh taolo borliq va undagi narsalarni yaratgach, ularni o‘z holiga tashlab qo‘ygan», deydigan ayrim faylasuflarga ochiq raddiyadir.30. Bas, (ey insonlar va jinlar), Parvardigoringizning qaysi ne’matlarini yolg‘on deya olursizlar?!31. Yaqinda (Qiyomat qoyim bo‘lgan Kunda) sizlar(ni hisob-kitob qilish) uchun forig‘ bo‘lajakmiz, ey insu jinlar!I z o h . Ya’ni, ozgina fursat o‘tgach, hayoti dunyo tugab, undagi ish-amal bitar va Alloh taolo barcha insonlar va jinlarning hayotlarida qilib o‘tgan amallarini hisob-kitob qilish va munosib mukofot-jazo berish uchun forig‘ bo‘lur. U Kunda Tangri taoloning odil jazosidan hech kim qochib qutula olmas. Quyidagi oyatlarda so‘z shu haqda boradi.32. Bas, (ey insonlar va jinlar), Parvardigoringizning qaysi ne’matlarini yolg‘on deya olursizlar?!33. Ey jin va ins jamoasi! Agar sizlar (Allohning jazosidan qochib) osmonlar va yer chegaralaridan o‘tib ketishga qodir bo‘lsangizlar, u holda o‘tib ketaveringlar! Sizlar faqat kuch-qudrat bilangina o‘ta olursizlar, (lekin u Kunda sizlarda hech qanday kuch-qudrat bo‘lmas)!34. Bas, (ey insonlar va jinlar), Parvardigoringizning qaysi ne’matlarini yolg‘on deya olursizlar?!35. (U Kunda) sizlarning ustingizga olovdan bir alanga va tutun yuborilurki, sizlar (undan hargiz) qutula olmassizlar!36. Bas, (ey insonlar va jinlar), Parvardigoringizning qaysi ne’matlarini yolg‘on deya olursizlar?!37. Endi qachon (Qiyomat qoyim bo‘lgach) osmon yorilib, (jahannam haroratidan qizib ketgan) teri kabi qizarib qolganida,38. Bas, (ey insonlar va jinlar). Parvardigoringizning qaysi ne’matlarini yolg‘on deya olursizlar?!39. Ana o‘sha Kunda na bir ins va na bir jin (qilib o‘tgan) gunohidan so‘ralmas!40. Bas, (ey insonlar va jinlar), Parvardigoringizning qaysi ne’matlarini yolg‘on deya olursizlar?!41. (Chunki u Kunda) jinoyatchi-osiy kimsalar siymo-belgilaridan tanilib, peshona va oyoqlaridan olinurlar (va jahannamga otilurlar)!42. Bas, (ey insonlar va jinlar), Parvardigoringizning qaysi ne’matlarini yolg‘on deya olursizlar?!43. Jinoyatchi-osiy kimsalar yolg‘on deydigan jahannam mana shudir!44. Ular o‘sha (jahannam) bilan o‘ta qaynoq suv o‘rtasida aylanaverurlar!I z o h . Ya’ni, hayoti-dunyodan kufru-isyon bilan o‘tgan kimsalar oxiratda do‘zax o‘tida kuyar ekanlar, do‘zax xodimlari bo‘lmish farishtalardan biron qultum suv berishni so‘rarlar. Shunda ularga qaynoq suv berilib, yana do‘zaxga otilurlar va bu hol abadulabad davom etur. Mazkur oyatlarda kofirlar duchor bo‘lajak azob-uqubatlar bayon etildi. Endi quyida keladigan oyatlarda iymon egalariga ko‘z tutib turgan go‘zal oqibat — jannatdagi mangu saodatli hayot qilinadi.45. Bas, (ey insonlar va jinlar), Parvardigoringizning kaysi ne’matlarini yolg‘on deya olursizlar?!46. Parvardigori (huzurida) turishidan (ya’ni o‘zining Parvardigor oldida turib, hayoti dunyoda qilib o‘tgan barcha amallariga javob berishdan) qo‘rqqan kishi uchun ikki jannat bordir.47. Bas, (ey insonlar va jinlar), Parvardigoringizning qaysi ne’matlarini yolg‘on deya olursizlar?!48. (U ikki jannat son-sanoqsiz) shoh-novdalar egasidirlar, (ya’ni, sermeva va soya-salqindirlar).49. Bas, (ey insonlar va jinlar). Parvardigoringizning qaysi ne’matlarini yolg‘on deya olursizlar?!50. U ikkisida ikki oqar chashma bordir.51. Bas, (ey insonlar va jinlar), Parvardigoringizning qaysi ne’matlarini yolg‘on deya olursizlar?!52. U ikkisida barcha mevadan ikki navi bordir.53. Bas, (ey insonlar va jinlar), Parvardigoringizning qaysi ne’matlarini yolg‘on deya olursizlar?!54. (Ahli jannat) astarlari shoyidan bo‘lgan ko‘rpachalar ustida yastangan hollarida (o‘ltirurlar). U jannatlarning mevasi yaqin bo‘lguvchidir (ya’ni jannat axli qaybir mevani yeyishni istasa, o‘sha mevaning o‘zi ularga egilib, yaqin kelur).55. Bas, (ey insonlar va jinlar), Parvardigoringizning qaysi ne’matlarini yolg‘on deya olursizlar?!56. U (jannat)larda shunday ko‘zlarini (begona erkaklarga qarashdan) tiyguvchi (qiz)lar borki, ularga (jannat axlidan) ilgari na bir ins va na bir jin tegingandir.57. Bas, (ey insonlar va jinlar), Parvardigoringizning qaysi ne’matlarini yolg‘on deya olursizlar?!58. Ular (soflik va oqlikda) go‘yoki yoqut va marjondirlar.59. Bas, (ey insonlar va jinlar), Parvardigoringizning qaysi ne’matlarini yolg‘on deya olursizlar?!60. Ehson-yaxshilikning jazosi-mukofoti faqat yaxshiliqdir.I z o h . Ya’ni, hayoti-dunyodan iymon va ezgu amallar bilan o‘tgan kishining oxiratdagi mukofoti jannatdir. Ehson kalimasining lug‘aviy ma’nosi — chiroyli amal qilmoqlikdir, Payg‘ambar alayhis-salomdan «Ehson nimadir?» deb so‘ralganida, u kishi shunday javob qilgan ekanlar: «Ehson — Alloh taologa go‘yo Uni ko‘rib turgandek ibodat qilishingdir. Zotan, sen U zotni ko‘rmasang-da, U zot shak-shubhasiz seni ko‘rib turguvchidir».61. Bas, (ey insonlar va jinlar), Parvardigoringizning qaysi ne’matlarini yolg‘on deya olursizlar?!62. U ikki (jannat)dan quyiroqda yana ikki jannat bordir.63. Bas, (ey insonlar va jinlar), Parvardigoringizning qaysi ne’matlarini yolg‘on deya olursizlar?!64. (U ikki jannat) sersuv va seryaproqlikdan qoramtirdirlar.65. Bas, (ey insonlar va jinlar), Parvardigoringizning qaysi ne’matlarini yolg‘on deya olursizlar?!66. U ikkisida tinmay otilib turguvchi ikki chashma bordir.67. Bas, (insonlar va jinlar), Parvardigoringizning qaysi ne’matlarini yolg‘on deya olursizlar?!68. U ikkisida meva, xurmo va anorlar bordir.69. Bas, (ey insonlar va jinlar), Parvardigoringizning qaysi ne’matlarini yolg‘on deya olursizlar?!70. U (jannat)larda xushxulq va go‘zal yuzli (ayol)lar bordir.71. Bas, (ey insonlar va jinlar), Parvardigoringizning qaysi ne’matlarini yolg‘on deya olursizlar?!72. (Ular) chodirlarda asralgan hurlardir.73. Bas, (ey insonlar va jinlar), Parvardigoringizning qaysi ne’matlarini yolg‘on deya olursizlar?!74. Ularga (jannat axlidan) ilgari na bir ins va na bir jin tegingandir.75. Bas, (ey insonlar va jinlar), Parvardigoringizning qaysi ne’matlarini yolg‘on deya olursizlar?!76. (Jannat ahli u jannatlarda) yashil bolishlar va go‘zal gilamlar ustida yastangan hollarida (o‘ltirurlar).77. Bas, (ey insonlar va jinlar), Parvardigoringizning qaysi ne’matlarini yolg‘on deya olursizlar?!
78. Buyuklik va karam sohibi bo‘lgan Parvardigoringizning nomi barakotli — muborakdir.


Ne govori nichego durnogo o kom libo, esli tochno ne znaesh etogo, a esli i znaesh, to sprosi sebya: pochemu ya eto govoryu?
 
O'zbekona Forum » Islomiy Bo'lim » Qur'on Tafsiri/O'zbek tilida » 55. "Rahmon"
Страница 1 из 11
Поиск:

������ �� ������ ZeroParking
Личный профиль
Avatar qoyilmagan!

Guruh:
Mehmonjon
Soat:23:29

Login: Mehmon
ID:
Твой IP:54.161.82.122
Профиль
Читать ЛС ()


Голосовой поиск

Топ рисунок

TOP mp3