Меню сайта

Опрос
     
Eng extirosli xonanda
  
1. Shaxzoda
2. Rayxona
3. Dilso'z
4. Nilufar Usmanova
5. Ziyoda
6. Lola
7. Sug'diyona
8. Dineyra
9. Manzura
10. Ruxshona
javascript:// javascript://
  
Всего ответов: 118

  

Статистика
Статистика
Всего: 9159
За месяц: 0
За неделю: 0
Вчера: 0
Сегодня: 0
Из них
Гл.Администраторов: 3
Администраторов: 1
Гл.Модераторов: 1
Модераторов: 0
Дизайнеров: 1
Журналистов: 1
V.I.P:
Постоянных: 2
Проверенных: 104
Забаненых: 0
Обычных юзеров: 9047
Из них
Парней: 9065
Девушек: 81

Счетчики
waplog Яндекс.Метрика waplog.uz
Онлайн лист
Пользователи отсутствуют...
         
Cегодня нас посетили

Смски
SMS TURK [7]
SMS TURK
SMS English [1]
SMS English
Студенческие смс [1]
Студенческие смс
Смс реклама [1]
Смс реклама
Смс признания [0]
Смс признания
СМС Поздравления с 8 Марта [0]
СМС Поздравления с 8 Марта
СМС на день рождения [0]
СМС на день рождения
Смс другу [0]
Смс другу
СМС доброе утро [0]
СМС доброе утро
Смс cтихи [2]
Смс cтихи
Прикольные смс [0]
Прикольные смс
Любовные смс [0]
Любовные смс
SMS VATAN [3]
SMS VATAN
SMS Новый год [1]
SMS Новый год
SMS YANGI YIL [1]
SMS YANGI YIL
SMS XIKMATLI [1]
SMS XIKMATLI
SMS TOPISHMOQ [1]
SMS TOPISHMOQ
SMS TABRIK [2]
SMS TABRIK
Зарубежная [0]
Зарубежная
SMS SPORT [2]
SMS SPORT
SMS ANIMATSIYA [0]
SMS ANIMATSIYA
SMS SEVGI [17]
SMS SEVGI
SMS REKLAMA [0]
SMS REKLAMA
SMS MAQOL [0]
SMS MAQOL
SMS MANTIQIY [0]
SMS MANTIQIY
SMS LATIFA [2]
SMS LATIFA
SMS KINO MIX [0]
SMS KINO MIX
SMS IBRATLI SHERLAR [1]
SMS IBRATLI SHERLAR
SMS GRAFIKALAR [0]
SMS GRAFIKALAR
SMS FOTO [0]
SMS FOTO
SMS DO`STLIK [2]
SMS DO`STLIK
SMS Chiroyli sevgi so`zlari.. [10]
SMS Chiroyli sevgi so`zlari..
MAKTAB SMS SHERLAR [1]
MAKTAB SMS SHERLAR
SMS PRIKOL (xazil) [8]
SMS PRIKOL (xazil)

[ Forum yangiliklari · Ishtirokchilar · Forum qoidalari · Qidiruv · RSS ]
Страница 1 из 11
O'zbekona Forum » Islomiy Bo'lim » Qur'on Tafsiri/O'zbek tilida » 65. "Taloq"
65. "Taloq"
MaRJoNaДата: Seshanba, 19.02.2013, 16:18 | Сообщение # 1
Рядовой
Группа: Sayt Moderatori (SM)
Сообщений: 314
Статус: Saytda emas
TALOQ SURASI 
Bu sura o‘n ikki oyatdan iborat bo‘lib, Madinada nozil qilingan. Unda so‘z asosan oilaviy ahvolga taalluqli shariat hukmlaridan taloq va uning qonunqoidalari ustida boradi. Shuning uchun u «Taloq» surasi deb nomlangandir. Yana bu surada idda va uning turlari hamda iddadagi ayolni joy va nafaqa bilan ta’minlash tartiblari ham bayon etiladi. Sura davomida er yo xotindan birortasiga zulm bo‘lmasligi uchun Allohdan qo‘rqishga bot-bot da’vat takrorlanib turadi. Sura Qur’oni Karim nozil qilinishidan va Muhammad alayhis-salom payg‘ambar qilib yuborilishlaridan murod, mo‘minlarni jaholat zulmatlaridan iymon nuriga olib chiqish ekanini ta’kidlash hamda yetti osmonu, yetti zaminni yaratgan zot bo‘lmish Alloh taolo barcha narsani bilib, ihota qilib turguvchi zot ekanligini uqtirish bilan xotima topadi.Mehribon va rahmli Alloh nomi bilan (boshlayman).1. Ey Payg‘ambar, qachon sizlar (ya’ni mo‘minlar) ayollaringizni taloq qilsangizlar, ularning iddalarida (ya’ni poklik paytlarida) taloq qilinglar va idda sananglar! Parvardigorlaringiz bo‘lmish Allohdan qo‘rqinglar! (To iddalari tugaguncha) ularni (o‘zlari yashab turgan) uylaridan haydab chiqarmanglar va ular o‘zlari ham chiqib ketmasinlar. Faqat ular ochiq fahsh ishni (ya’ni buzuqlik yoki behayolik kabi qiliqlarni) qilsalargina, (yashab turgan uylaridan haydab chiqarilurlar). Bu Allohning qonun-chegaralaridir. Kimki Alloh chegaralaridan tajovuz qilib o‘tsa, aniqki u o‘ziga zulm qilibdi. Siz bilmassiz, ehtimol Alloh bu (taloq)dan keyin biron ishni paydo qilar.I z o h. Baqara surasining 228-oyatida aytilganidek, taloq qilingan ayollar uch hayz muddatida idda saqlab o‘zlarining homilador bo‘lgan-bo‘lmaganlarini kuzatadilar. Agar biron ayol hayz ko‘rish paytida taloq qilinsa, u mana shu hayzidan tashqari yana uch hayz idda saqlashi lozim bo‘ladiki, bu o‘sha ayolga zulm qilish demakdir. Chunki u idda muddati tugashi bilan boshqa er bilan turmush qurish huquqiga ega. Mazkur holatda esa taloq qilingan ayol yana ortiqcha bir hayz idda saqlashga majbur bo‘ladi. (Umuman oilasiz erkak va ayollarning ko‘payishi jamiyatda buzuqlik va nopoklikning avj olishiga sabab bo‘lgani uchun, Islom dini oilalarning buzilib ketishiga imkon qadar yo‘l bermaslikka, agar buzilgan chog‘da esa iloji boricha tezroq yarashishga yoki boshqa turmush qurishga da’vat etadi). Shuning uchun yuqoridagi oyatda taloq qilguvchilar xotinlarini idda saqlaydigan poklik paytlarida taloq qilishga hamda iddani aniq hisobkitob qilib borishga buyuriladilar. Ushbu farmonning yana bir hikmati, ayol kishi hayz ko‘rish paytida odatda eri unga poklik paytidagidek rag‘bat qilmaydi, binobarin undan ajralish ham er uchun u qadar qiyin ish emasdek tuyulishi mumkin. Shu sababdan Qur’on erkaklarga, agar ular xotinlaridan ajralmoqchi bo‘lsalar, u ayollarni pok va marg‘uba bo‘lgan paytlarida taloq qilishlari mumkin ekanligini bildiradi. Bundan tashqari ushbu oyatda taloq qilingan ayollarni modomiki ular buzuqlik, behayolik qilmas ekanlar, to idda muddatlari tugamagunicha erlarining uylaridan chiqarib yuborish durust emasligi bayon qilindi. Bu hukmdan murod, birinchidan, idda saqlayotgan ayol mana shu idda muddati asnosida taloq qilgan erining hukmida ekanligini, ya’ni boshqa erga nikohlanishi durust emasligini bildirish bo‘lsa, ikkinchidan, agar u ayol uch taloq qilinmasdan bir yoki ikki taloq qilingan bo‘lsa, jahl ustida taloq qilib yuborgan eri har kuni uni ko‘rib turganligi sababli, “mehr ko‘zda”, deganlaridek, yana unga moyil bo‘lib, er-xotinning qaytadan yarashib ketishlari ham osonlashishidir. Shuning uchun ham oyat nihoyasida «Siz bilmassiz, ehtimol Alloh bu (taloq)dan keyin biron ishni paydo qilar», deyildi.2. Endi qachon (taloq qilgan ayollaringizning idda) muddatlari bitib qolsa, bas, ularni yaxshilik bilan olib qolinglar (ya’ni qayta nikohllaringizga olinglar) yoki yaxshilik bilan (ya’ni, haqqi mahrlarini berib) ajrashinglar. Va (yarashib olib qolayotgan yoki ajrashib ketayotgan chog‘laringda) o‘zlaringizdan (ya’ni, musulmonlardan) bo‘lgan ikki adolat sohibini guvoh qilinglar va (guvoh bo‘lguvchilar) guvohlikni Alloh uchun to‘kis ado qilinglar! Bu (hukm)dan faqat Allohga va oxirat Kuniga iymon keltirguvchi bo‘lgan kishi pand-ibrat olur. Kim Allohdan qo‘rqsa (ya’ni yuqorida mazkur bo‘lgan taloq qilish qonun-qoidalariga Allohdan qo‘rqqani uchun rioya etsa), U zot uning uchun (barch g‘amkulfatlardan) chiqar yo‘lni (paydo) qilur.3. Va uni o‘zi o‘ylamagan tomondan rizqlantirur. Kim Allohga tavakkul qilsa, bas, (Allohning) O’zi unga yetarlidir. Albatta Alloh O’zi (xohlagan) ishiga yetguvchidir. (Uning xohishiga qarshi turguvchi kimsa yo‘qdir). Darhaqiqat Alloh barcha narsa uchun miqdor-o‘lchov qilib qo‘ygandir (ya’ni, hayotda ro‘y beradigan har bir yaxshi-yomon voqea-hodisa yolg‘iz Alloh xoxlagan — belgilagan vaqt va o‘lchovda ro‘y beradi).4. Ayollaringiz orasidagi (keksayib qolgani sababli) hayz ko‘rishdan umid uzganlari, agar sizlar (ularning iddalari qancha davom etishi xususida) shubhalansangizlar, bas (bilingiz-ki), ularning iddalari uch oydir, yana (haliQur’oni karim. Alouddin Mansur tarjimasi hanuz) hayz ko‘rmagan (ayollar)ning (iddalari ham uch oydir). Homilador (ayol)larning (idda) muddatlari homilalarini qo‘yishlari (ya’ni ko‘z yorishlaridir). Kim Allohdan qo‘rqsa (Alloh) uning ishini oson qilur.5. Bu Allohning sizlarga nozil qilgan hukmidir. Kim Allohdan qo‘rqsa uning yomonlik-gunohlarini o‘chirur va uning ajr-mukofotini ulug‘ qilur.6. Ularga (ya’ni taloq qilinib, idda saqlayotgan ayollaringizga) o‘zlaringiz maskan tutgan — qudratingiz yetgan joydan maskan beringlar va ularni (turgan joylaridan) qisib chiqarish uchun ularga ziyon yetkazmanglar. Agar ular homilador bo‘lsalar, u holda to homilalarini qo‘ygunlaricha ularga nafaqa berib turinglar! Endi agar (taloq qilgan ayollaringiz) sizlar uchun (bola) emizsalar (ya’ni o‘zlarining sizlardan bo‘lgan bolalarini emizsalar), u holda ularning (emizganliklari uchun) ajr-haqlarini beringlar! Va (emizish, hamda uning haqqi xususida) o‘zaro yaxshilik bilan kelishib olinglar! Agar (kelisha olmasdan) tang holga tushsangizlar, u holda (ota) uchun (bolasini) boshqa (bir ayol) emizur. (Ya’ni ota bolasini boshqa — begona ayolga emizdurur).7. Boy-badavlat kishi o‘z boyligidan (ya’ni boyligiga yarashadigan) nafaqa bersin. Kimning rizqi tang qilingan (kambag‘al) bo‘lsa, u holda Alloh o‘ziga ato etgan narsadan (ya’ni o‘z holiga yarasha) nafaqa bersin! Alloh hech bir jonni O’zi unga ato etgan (rizq-ro‘z) dan boshqa narsaga taklif qilmas (ya’ni har bir inson faqat Alloh o‘ziga ato etgan rizqdan infoq qilishga taklif qilinur). Alloh tanglik-kambag‘alliqdan keyin yengillik-boylikni ham (paydo) qilur.8. Qanchadan-qancha qishloq-shaharlar borki, o‘z Parvardigorlari va Uning payg‘ambarlari amridan bosh tortgandirlar, bas, Biz ulardan qattiq hisob-kitob olganmiz va yomon azob bilan azoblaganmiz.9. Bas, u (qishloq-shaharlarning axli) o‘z ish-qilmishlarining ziyonini totdilar va bu ishlarining oqibati ziyon tortish – halokat bo‘ldi.10. Alloh ular uchun (oxiratda ham) qattiq azobni tayyorlab qo‘ygandir. Bas, ey iymon keltirgan aql egalari, Allohdan qo‘rqinglar! Darvoqe U zot sizlarga Eslatma – Qur’onni nozil qildi.11. Iymon keltirgan va yaxshi amallar qilgan zotlarni zulmatlardan nurga chiqarish uchun sizlarga Allohning ochiq-ravshan oyatlarini tilovat qiladigan payg‘ambarni (Muhammad alayhis-salomni yubordi). Kim Allohga iymon keltirsa va yaxshi amal qilsa (Alloh) uni ostidan daryolar oqib turadigan, ular abadul-abad qoladigan jannatlarga kiritur. Darhahiqat Alloh uning uchun go‘zal rizq (ya’ni jannatning tuganmas rizqini ato) qildi.
12. Alloh yetti osmonni va yerdan ham o‘shalarning mislini (ya’ni yetti qavat yerni) yaratgan zotdir. (Allohning) amri farmoni ularning (ya’ni yetti qavat osmon va yetti qavat yerning) o‘rtasiga nozil bo‘lib-tarqalib turur. Toki sizlar Allohning barcha narsaga qodir ekanligini va Alloh barcha narsani (O’z) bilimi bilan ihota qilib olganini bilishlaringiz uchun (U zot sizlarga yuqorida zikr qilingan narsalar haqida xabar berdi).


Ne govori nichego durnogo o kom libo, esli tochno ne znaesh etogo, a esli i znaesh, to sprosi sebya: pochemu ya eto govoryu?
 
O'zbekona Forum » Islomiy Bo'lim » Qur'on Tafsiri/O'zbek tilida » 65. "Taloq"
Страница 1 из 11
Поиск:

������ �� ������ ZeroParking
Личный профиль
Avatar qoyilmagan!

Guruh:
Mehmonjon
Soat:23:23

Login: Mehmon
ID:
Твой IP:54.161.82.122
Профиль
Читать ЛС ()


Голосовой поиск

Топ рисунок

TOP mp3