Меню сайта

Опрос
     
Eng extirosli xonanda
  
1. Shaxzoda
2. Rayxona
3. Dilso'z
4. Nilufar Usmanova
5. Ziyoda
6. Lola
7. Sug'diyona
8. Dineyra
9. Manzura
10. Ruxshona
javascript:// javascript://
  
Всего ответов: 118

  

Статистика
Статистика
Всего: 9159
За месяц: 0
За неделю: 0
Вчера: 0
Сегодня: 0
Из них
Гл.Администраторов: 3
Администраторов: 1
Гл.Модераторов: 1
Модераторов: 0
Дизайнеров: 1
Журналистов: 1
V.I.P:
Постоянных: 2
Проверенных: 104
Забаненых: 0
Обычных юзеров: 9047
Из них
Парней: 9065
Девушек: 81

Счетчики
waplog Яндекс.Метрика waplog.uz
Онлайн лист
Пользователи отсутствуют...
         
Cегодня нас посетили

Смски
SMS TURK [7]
SMS TURK
SMS English [1]
SMS English
Студенческие смс [1]
Студенческие смс
Смс реклама [1]
Смс реклама
Смс признания [0]
Смс признания
СМС Поздравления с 8 Марта [0]
СМС Поздравления с 8 Марта
СМС на день рождения [0]
СМС на день рождения
Смс другу [0]
Смс другу
СМС доброе утро [0]
СМС доброе утро
Смс cтихи [2]
Смс cтихи
Прикольные смс [0]
Прикольные смс
Любовные смс [0]
Любовные смс
SMS VATAN [3]
SMS VATAN
SMS Новый год [1]
SMS Новый год
SMS YANGI YIL [1]
SMS YANGI YIL
SMS XIKMATLI [1]
SMS XIKMATLI
SMS TOPISHMOQ [1]
SMS TOPISHMOQ
SMS TABRIK [2]
SMS TABRIK
Зарубежная [0]
Зарубежная
SMS SPORT [2]
SMS SPORT
SMS ANIMATSIYA [0]
SMS ANIMATSIYA
SMS SEVGI [17]
SMS SEVGI
SMS REKLAMA [0]
SMS REKLAMA
SMS MAQOL [0]
SMS MAQOL
SMS MANTIQIY [0]
SMS MANTIQIY
SMS LATIFA [2]
SMS LATIFA
SMS KINO MIX [0]
SMS KINO MIX
SMS IBRATLI SHERLAR [1]
SMS IBRATLI SHERLAR
SMS GRAFIKALAR [0]
SMS GRAFIKALAR
SMS FOTO [0]
SMS FOTO
SMS DO`STLIK [2]
SMS DO`STLIK
SMS Chiroyli sevgi so`zlari.. [10]
SMS Chiroyli sevgi so`zlari..
MAKTAB SMS SHERLAR [1]
MAKTAB SMS SHERLAR
SMS PRIKOL (xazil) [8]
SMS PRIKOL (xazil)

[ Forum yangiliklari · Ishtirokchilar · Forum qoidalari · Qidiruv · RSS ]
Страница 1 из 11
O'zbekona Forum » Islomiy Bo'lim » Qur'on Tafsiri/O'zbek tilida » 80. "Abasa"
80. "Abasa"
MaRJoNaДата: Yakshanba, 17.02.2013, 14:27 | Сообщение # 1
Рядовой
Группа: Sayt Moderatori (SM)
Сообщений: 314
Статус: Saytda emas
ABASA SURASI 
Qirq ikki oyatdan tashkil topgan bu sura ham Makkada nozil bo‘lgandir. U huzurlariga kelgan ko‘zi ojiz bir kishiga ro‘yxush bermagan Payg‘ambar alayhissalomga tanbeh berish bilan boshlanadi (shuning uchun ham bu sura «Abasa - Qosh chimirdi», deb nomlangandir) va u zotga zimmalaridagi vazifalari yana bir bor uqtirilib, so‘ngra Qur’on oyatlari Alloh taolo tomonidan pand-nasihat oladigan bandalar uchun yuborilgan bir eslatma ekanligi ta’kidlanadi. Bu surada nihoyat ixcham suratda insonga o‘zining qaerdan kelganidan tortib, to qaerga borishi va keyingi holi nima kechishigacha bayon qilinib, so‘ngra inson uchun yaratilgan noz-ne’matlar sanab o‘tiladi va o‘rtaga bir haqqoniy savol tashlanadi: Hayot yo‘lini ko‘rsatib beradigan Qur’on ne’mati ham, yer yuzidagi odamlar rohat-farog‘atda yashashlari uchun ato etilgan barcha noz-ne’matlari ham aql egalarini yolg‘iz Yaratganga iymon keltirib, U zotga shukr qilishga da’vat etib turibdi-ku, bas, inson zotini bu qadar kufru tug‘yonga ketishga nima majbur qildi?! Sura kishilar aniq ikki toifaga bo‘linib qoladigan Qiyomat kunida ro‘y beradigan dahshatli voqea-hodisalar haqida xabar berish bilan xotima topadi.Mehribon va rahmli Alloh nomi bilan (boshlayman).1-2. U (payg‘ambar alayhis-salom) o‘zining oldiga ko‘zi ojiz kishi kelgani uchun qosh chimirdi va (undan) yuz o‘girdi.I z o h. Rivoyat qilinishicha, bir kuni Payg‘ambar alayhis-salom Quraysh zodagonlaridan bir guruhini Islomga da’vat qilib turganlarida, oldilariga Abdulloh ibn Ummi Maktum ismli ko‘zlari ojiz bir sahoba kelib, bir necha bor: «Yo rasululloh, menga Alloh sizga bildirgan narsalardan ta’lim bering», deb takrorladi. Chunki u kishi a’mo bo‘lganlari sababli Payg‘ambarimizning boshqalar bilan band ekanliklarini sezmagan edi. Payg‘ambar alayhis-salom haligi Quraysh kattalari Islomni qabul qilishsa, ularga ergashib orqalaridagi tobe’lari ham musulmon bo‘lib qoladi, degan umid bilan berilib so‘zlayotganlari sababli, mana shu paytda Abdulloh ibn Ummi Maktum kelib so‘zlarini bo‘lganidan achchig‘lanib, qovoq soldilar va u kishiga orqa o‘girib, Quraysh kattalari bilan so‘zlashishda davom etdilar. Shunda Payg‘ambarimizga tanbeh bo‘lib mazkur va quyidagi oyatlar nozil bo‘ldi. Shu o‘rinda biz muhtaram o‘quvchi e’tiborini mazkur oyatlardagi ikki ibratli nuqtaga jalb etmoqchimiz. Birinchidan, Alloh taolo O’zining habibi va so‘nggi payg‘ambariga tanbeh berar ekan, u kishiga bevosita xitob qilmadi, balki go‘yo uchinchi shaxs haqida gapirayotgandek tanbeh berdiki, bu Do‘st Do‘stga qiladigan muomalaning benazir namunasidir. Ikkinchidan, agar bizda Alloh taoloning O’zi «Shak-shubhasiz siz ulug‘ Xulq ustidadirsiz», (Qalam surasi, 4-oyat) deb ta’riflagan Payg‘ambarimiz mazkur voqeada bir a’mo kishiga ozor berdilarmi, degan savol tug‘ilsa, bunday savolning javobi ham o‘sha voqeaning o‘zida mavjuddir, ya’ni yuqoridagi oyatlar guvohlik berishicha Payg‘ambar alayhis-salom u kishining diliga ozor beradigan biron qattiq so‘z aytganlari yo‘q, balki faqatgina qovoqlarini uyub, yuz o‘girdilar xoloski, bunday holatni ko‘zi ojiz odam ko‘ra olmagani uchun ozor topmasligi aniqdir. Tangri taoloning tanbehidan so‘ng Rasululloh qachon Abdulloh ibn Ummi Maktumni ko‘rib qolsalar: «Marhabo, ey menga Parvardigorimdan dashnom olib bergan zot», deb u kishiga peshvoz chiqadigan bo‘lgan ekanlar.3. (Ey Muhammad), siz qaerdan bilursiz, ehtimol u (sizdan o‘rganadigan ilmu ma’rifati yordamida o‘z gunohlaridan) poklanar.4. Yoki pand-nasihat olar-da, so‘ng bu pand-nasihat unga foyda berar?!5. Endi (o‘z mol-mulki bilan iymondan) istig‘no qilib turgan kimsaga kelsak,6. Bas, siz o‘shanga iqbol qilib — yuzlanmoqdasiz!7. Holbuki u (o‘zining kufridan) poklanmasligi sababli sizga biron ziyon yetmas!8-9. Endi (Allohdan) qo‘rqqan holida oldingizga yugurib-elib qelgan zotga kelsak.10. Bas, siz undan chalg‘ib — yuz o‘girib olmoqdasiz!11. Yo‘q, (siz aslo bunday qilmang)! Albatta (Qur’on oyatlari) bir pandnasihatdir.12. Bas, kim xohlasa undan pand-nasihat olur.13-14. (U oyatlar Alloh nazdida) azizu- mukarram, qadri baland, pokiza sahifalarga;15-16. Ulug‘, itoatli mirzolar (ya’ni farishtalar) qo‘llari bilan (Lavhul-Mahfuzdan ko‘chirib bitilgandir).17. Halok bo‘lgur inson-a! Bunchalar kofir bo‘lmasa!18. (Alloh) uni qay narsadan yaratdi o‘zi?!19. Uni bir (haqir) nutfadan yaratib, so‘ng uni(ng ona qornidagi rivojini va oykunini) belgilab qo‘ydi-ku!20. So‘ngra unga (ona qornidan chiqish) yo‘lini oson qildi.21. So‘ngra unga o‘lim berib, qabrga kiritdi (ya’ni boshqa hayvonlar singari uning jasadini yer yuzida qoldirib, yirtqichlarga yem qilib qo‘ygani yo‘q).22. So‘ngra O’zi xohlagan vaqtida uni yana qayta tiriltirur.23. Yo‘q, u (kofir kimsa Alloh) o‘ziga buyurgan biron narsani ado qilmadi.24. Endi inson o‘zining taomiga (ibrat ko‘zi bilan bir)qarab ko‘rsin-chi!25. Biz (osmondan) suv-yomg‘irni quydirdik.26. So‘ngra yerni (giyohlar bilan) yordik.27-28-29-30-31-32. So‘ng Biz unda don-dunni, uzum va ko‘klarni, zaytun va hurmolarni, quyuq daraxtzor bog‘larni, meva-cheva-yu, o‘t-o‘lanlarni sizlar uchun va chorva hayvonlaringiz uchun manfaat bo‘lsin deb undirib-o‘stirib qo‘ydik-ku!33. Bas, qachon (quloqlarni) kar qilguvchi (dahshatli qichqiriq) kelganda (ya’ni sur ikkinchi marta chalinib, barcha xaloyiqqa qaytadan jon ato etilganda, har bir inson o‘zi bilan o‘zi bo‘lib qolur)!34-35-36. U Kunda kishi o‘z og‘a-inisidan ham, onasi va otasidan ham, xotiniyu, bola-chaqasidan ham qochur!37. (Chunki) ulardan har bir kishi uchun u Kunda o‘ziga yetarli tashvish bo‘lur!38-39. U Kunda (mo‘minlarning) yuzlari yorug‘, kulguvchi va xurram bo‘lur.40. Va u Kunda (kofirlarning) yuzlari ustida chang-g‘ubor bo‘lib,41. U (yuz)larni qarolik qoplab olur!
42. Ana o‘shalar fisqu-fujur qilguvchi kofirlarning o‘zidir!


Ne govori nichego durnogo o kom libo, esli tochno ne znaesh etogo, a esli i znaesh, to sprosi sebya: pochemu ya eto govoryu?
 
O'zbekona Forum » Islomiy Bo'lim » Qur'on Tafsiri/O'zbek tilida » 80. "Abasa"
Страница 1 из 11
Поиск:

������ �� ������ ZeroParking
Личный профиль
Avatar qoyilmagan!

Guruh:
Mehmonjon
Soat:23:28

Login: Mehmon
ID:
Твой IP:54.161.82.122
Профиль
Читать ЛС ()


Голосовой поиск

Топ рисунок

TOP mp3