Меню сайта

Опрос
     
Eng extirosli xonanda
  
1. Shaxzoda
2. Rayxona
3. Dilso'z
4. Nilufar Usmanova
5. Ziyoda
6. Lola
7. Sug'diyona
8. Dineyra
9. Manzura
10. Ruxshona
javascript:// javascript://
  
Всего ответов: 118

  

Статистика
Статистика
Всего: 9159
За месяц: 0
За неделю: 0
Вчера: 0
Сегодня: 0
Из них
Гл.Администраторов: 3
Администраторов: 1
Гл.Модераторов: 1
Модераторов: 0
Дизайнеров: 1
Журналистов: 1
V.I.P:
Постоянных: 2
Проверенных: 104
Забаненых: 0
Обычных юзеров: 9047
Из них
Парней: 9065
Девушек: 81

Счетчики
waplog Яндекс.Метрика waplog.uz
Онлайн лист
Пользователи отсутствуют...
         
Cегодня нас посетили

Смски
SMS TURK [7]
SMS TURK
SMS English [1]
SMS English
Студенческие смс [1]
Студенческие смс
Смс реклама [1]
Смс реклама
Смс признания [0]
Смс признания
СМС Поздравления с 8 Марта [0]
СМС Поздравления с 8 Марта
СМС на день рождения [0]
СМС на день рождения
Смс другу [0]
Смс другу
СМС доброе утро [0]
СМС доброе утро
Смс cтихи [2]
Смс cтихи
Прикольные смс [0]
Прикольные смс
Любовные смс [0]
Любовные смс
SMS VATAN [3]
SMS VATAN
SMS Новый год [1]
SMS Новый год
SMS YANGI YIL [1]
SMS YANGI YIL
SMS XIKMATLI [1]
SMS XIKMATLI
SMS TOPISHMOQ [1]
SMS TOPISHMOQ
SMS TABRIK [2]
SMS TABRIK
Зарубежная [0]
Зарубежная
SMS SPORT [2]
SMS SPORT
SMS ANIMATSIYA [0]
SMS ANIMATSIYA
SMS SEVGI [17]
SMS SEVGI
SMS REKLAMA [0]
SMS REKLAMA
SMS MAQOL [0]
SMS MAQOL
SMS MANTIQIY [0]
SMS MANTIQIY
SMS LATIFA [2]
SMS LATIFA
SMS KINO MIX [0]
SMS KINO MIX
SMS IBRATLI SHERLAR [1]
SMS IBRATLI SHERLAR
SMS GRAFIKALAR [0]
SMS GRAFIKALAR
SMS FOTO [0]
SMS FOTO
SMS DO`STLIK [2]
SMS DO`STLIK
SMS Chiroyli sevgi so`zlari.. [10]
SMS Chiroyli sevgi so`zlari..
MAKTAB SMS SHERLAR [1]
MAKTAB SMS SHERLAR
SMS PRIKOL (xazil) [8]
SMS PRIKOL (xazil)

[ Forum yangiliklari · Ishtirokchilar · Forum qoidalari · Qidiruv · RSS ]
Страница 1 из 11
O'zbekona Forum » Islomiy Bo'lim » Qur'on Tafsiri/O'zbek tilida » 81. "Takvir"
81. "Takvir"
MaRJoNaДата: Yakshanba, 17.02.2013, 14:27 | Сообщение # 1
Рядовой
Группа: Sayt Moderatori (SM)
Сообщений: 314
Статус: Saytda emas
TAKVIR SURASI 
Bu sura Makkada nozil qilingan bo‘lib, yigirma to‘qqiz oyatdir. U Qiyomat qoyim bo‘lganida butun Koinotda ro‘y beradigan dahshatli inqilob — o‘zgarishlar tasviri bilan boshlanib, ana o‘sha Kunda har bir jon o‘z hayotida qanday amallar qilib o‘tganini bilib, iqror bo‘lishi haqida xabar beriladi. So‘ngra Alloh taolo O’zi yaratgan bir necha mavjudot nomiga qasam bilan Qur’oni Karim farishta Jabroil keltirgan Ilohiy so‘z ekanini va ushbu Kalomullohning biron oyatini qoldirmasdan insonlarga yetkazib berayotgan Muhammad alayhis-salom majnun emasliklarini ta’kidlaydi. Sura davomida insonlarga xitob qilinib, ulardan qo‘llarida Haq yo‘lini ko‘rsatib turgan shunday buyuk Kitob mavjud bo‘la turib, o‘zlari uchun yana qanday yo‘l axtarib ketayotganlari so‘raladi. Sura Qiyomat kunida butun yer yuzini yoritib va isitib turadigan quyosh ham o‘ralib, nursizlanib qolishi xususidagi oyat bilan boshlangani sababli «Takvir — O’ralish» deb nomlangandir.Mehribon va rahmli Alloh nomi bilan (boshlayman).1. Quyosh o‘ralib (nursizlanib) qolganida.2. Yulduzlar ham (o‘z falaklaridan) to‘kilganida.3. Tog‘lar ham (o‘z joylaridan) jildirilganida.4. (Qornidagi bolasi) o‘n oylik bo‘lgan bo‘g‘oz tuyalar ham bo‘sh qo‘yib yuborilganida.5. Vahshiy hayvonlar ham (bir joyga) to‘planib qolganida.6. Dengizlar (tandir kabi) qizitilganida (va suv o‘rniga olov bilan to‘lganida).7. Jonlar (qaytadan badanlarga) juftlanganida.8-9. Tiriklay ko‘milgan (har bir) qizdan qanday gunoh sababli o‘ldirilgani so‘ralganida.10. (Nomai a’mol) sahifalari ochilganida.11. Osmon (erning ustidan) sidirib olinganida.12. Do‘zax (kofirlar uchun) lovullatib yoqilganida.13. Jannat (taqvodor zotlarga) yaqin qilinganida.14. (ana o‘sha Kunda har bir) jon o‘zi (mana shu Kun uchun) hozirlab kelgan narsani (ya’ni barcha yaxshi-yomon amallarini) bilur!I z o h . Mazkur oyatlarda Qiyomat kunida ro‘y beradigan o‘n ikki hodisa haqida xabar berildi. Demak, u Kunda kechayotgan dahshatning ziyodaligidan quyoshning nuri so‘nib, yulduzlar har yoqqa sochilib ketadi va tog‘lar ham joylaridan jildirilib, xuddi bulutlar kabi osmonda suzib yuradi. Sahro ahli juda avaylaydigan va ularning boy-badavlatliklari ramzi bo‘lgan — tug‘ish soati yaqinlashib qolgan bo‘g‘oz tuyalar ham egalarining yodidan ko‘tarilib, har kim o‘zi bilan o‘zi bo‘lib qoladi (ya’ni kishilar o‘zlarining eng ardoqli narsalarini ham unutadilar). Doimo bir-birlarining go‘shtlarini yeb tirikchilik o‘tkazadigan vahshiy hayvonlar ham qanday qilib bir joyga to‘planganlarini bilmay qoladilar, dengizlar esa suvlari qurib, xuddi tagidan olov yoqilayotgan qozonga aylanadilar (ming-ming yillik dengizlarning bugunga kelib quriy boshlagani o‘sha Kun yaqin qolganining alomati emasmikan?), insonlar o‘lishi bilan chiqib ketgan jonlari qayta o‘z badanlariga kiradi, shuningdek, u Kunda tiriklay ko‘mib yuborilgan mazluma qizlarning ham dodiga yetiladi (bu haqda «Nahl» surasining 59-oyatida batafsil izoh berilgan) va inson o‘lishi bilan yopilgan nomai a’moli qayta ochilib, hisob-kitob qilinadi, u Kunda yerning tomi bo‘lgan osmon ham ochib yuboriladi va nihoyat kofirlarga lovullab yonayotgan do‘zax, mo‘minlarga esa jannat yaqin qilinadi — mana shu voqea-hodisalar sodir bo‘ladigan Qiyomat kunida har bir jonning hayoti-dunyoda qilib o‘tgan yaxshi amallari o‘ng yoniga, yomon amallari chap yoniga keltirib qo‘yiladi va hech kim o‘z amalidan tona olmaydi! Demak o‘sha Kunning qiynoq-azobidan xalos bo‘lishni istagan har bir inson bugunini Islomiy e’tiqod va ezgu amal bilan o‘tkazmog‘i vojibdir!15-16-17-18. Bas, Men (kunduzlari ko‘zdan) g‘oyib bo‘lguvchi, (kechalari ham) tez o‘tib (o‘z «uya»lari — burjlariga) yashiringuvchi (yulduz)larga, o‘z zulmati bilan kelib-ketayotgan kechaga va otayotgan tongga qasam ichurmanki,19-20-21. Shak-shubhasiz u (Qur’on) bir ulug‘, quvvatli, Arshning sohibi (bo‘lmish Alloh) nazdida makon-martabali, u joyda (ya’ni osmonlarda farishtalar tomonidan) itoat etilguvchi, ishonchli elchining (ya’ni Jabroil farishtaning Alloh taolo tomonidan keltirgan) so‘zidir.22. Va sizlarning sohibingiz (Muhammad alayhis-salom) majnun emasdir.23. Darhaqiqat, u (Jabroilni) ochiq ufqda ko‘rdi.24. U (Muhammad alayhis-salom) g‘aybga (ya’ni g‘aybdan kelgan vahiyga) baxil ham emasdir (U Alloh taolo tomonidan o‘ziga keladigan vahiylarni buzmasdan, to‘la-to‘kis holda sizlarga yetkazur).25. Va u (Qur’on) quvilgan — mal’un shaytonning so‘zi emasdir.26. Bas, sizlar (mana shu Qur’oni Karim ko‘rsatgan Haq yo‘lni inkor etib) qayon ketmoqdasizlar?!27-28. U (Qur’on) hech shak-shubhasiz butun olamlar uchun — sizlarning orangizdagi To‘g‘ri yo‘lda bo‘lmoqni xoxlagan kishilar uchun bir eslatmadir.29. Sizlar faqat butun olamlar Parvardigori bo‘lmish Alloh xoxlasagina (To‘g‘ri yo‘lda bo‘lishni) xoxlarsizlar.


Ne govori nichego durnogo o kom libo, esli tochno ne znaesh etogo, a esli i znaesh, to sprosi sebya: pochemu ya eto govoryu?
 
O'zbekona Forum » Islomiy Bo'lim » Qur'on Tafsiri/O'zbek tilida » 81. "Takvir"
Страница 1 из 11
Поиск:

������ �� ������ ZeroParking
Личный профиль
Avatar qoyilmagan!

Guruh:
Mehmonjon
Soat:23:28

Login: Mehmon
ID:
Твой IP:54.161.82.122
Профиль
Читать ЛС ()


Голосовой поиск

Топ рисунок

TOP mp3